https://oz.sputniknews.uz/20211011/ozbekiston-terma-jamoasi-nukusdagi-mma-musobaqasida-markaziy-osiyo-golibi-boldi-20854193.html
O‘zbekiston terma jamoasi Nukusdagi MMA musobaqasida Markaziy Osiyo g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Nukusdagi MMA musobaqasida Markaziy Osiyo g‘olibi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Nukus shahrida birinchi marta aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazildi. 11.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-11T12:17+0500
2021-10-11T12:17+0500
2021-10-11T12:17+0500
sport
chempion
mma
nukus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20854069_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d25387468b5eb7ead755aec264b4182c.jpg
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 9-10 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida birinchi marta aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (SAMMAS), O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionat 10 ta vazn toifasida o‘tkazildi. Musobaqani kuzatish uchun kelgan xalqaro ekspertlar qatorida Xalqaro aralash jang san’atlari (MMA) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun ham ishtirok etdi.Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjondan kelgan aralash jang san’ati ustalari ikki kun davomida g‘oliblik uchun kuch sinashishdi. Musobaqada qatnashgan 20 nafar O‘zbekiston vakilidan 7 nafari final bahslarigacha yetib keldi.O‘zbekistonlik sportchilardan -56.7 kg vaznlilar o‘rtasida Jamshidbek Tillaboyev, -65.8 kg vaznda Shukurjon Rustamov, -77.1 kg.da Munis Mo‘minjonov, -83.9 kg vaznda Zokirjon Mamarasulov, 93 kg.da Husanboy Rahimov, -120.2 kg vazn toifasida Hasanboy Rahimov hamda +120.2 kg vaznlilar o‘rtasida Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Ixtiyor Xolmurodov raqiblarini mag‘lub etib, havaskor MMA yo‘nalishidagi musobaqada Markaziy Osiyo chempioniga aylanishdi.Shuningdek, -52.2 kg.da Odil Sayfiddinov, -65.8 kg.da Farruxjon Olimjonov, -70.3 kg.da Daler Yuldashev, -77.1 kg.da Azizjon G‘ulomhasanov, -83.9 kg.da Axmet Smetullayev, -93 kg.da Ilos Komilov, -120.2 kg.da Fayzullo Maxammatov, +120.2 kg vazn toifasida esa Hakimjon Ismoilov bronza medalini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi.Shu tariqa, umumjamoa hisobida 7 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan Qozog‘iston terma jamoasi joy oldi. Uchinchi pog‘onaga 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi ko‘tarildi.Chempionatning “Eng yaxshi jangchisi” nominatsiyasiga o‘zbekistonlik jangchi Ixtiyor Holmurodov loyiq deb topildi. Dadaxon Hasanov “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0b/20854069_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4fc6fd3dda652a4f1fdd34057ec380bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, chempion, mma, nukus
sport, chempion, mma, nukus
O‘zbekiston terma jamoasi Nukusdagi MMA musobaqasida Markaziy Osiyo g‘olibi bo‘ldi
Nukus shahrida birinchi marta aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati o‘tkazildi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 9-10 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida birinchi marta aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi pog‘onadan joy oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (SAMMAS), O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionat 10 ta vazn toifasida o‘tkazildi. Musobaqani kuzatish uchun kelgan xalqaro ekspertlar qatorida Xalqaro aralash jang san’atlari (MMA) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun ham ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjondan kelgan aralash jang san’ati ustalari ikki kun davomida g‘oliblik uchun kuch sinashishdi. Musobaqada qatnashgan 20 nafar O‘zbekiston vakilidan 7 nafari final bahslarigacha yetib keldi.
O‘zbekistonlik sportchilardan -56.7 kg vaznlilar o‘rtasida Jamshidbek Tillaboyev, -65.8 kg vaznda Shukurjon Rustamov, -77.1 kg.da Munis Mo‘minjonov, -83.9 kg vaznda Zokirjon Mamarasulov, 93 kg.da Husanboy Rahimov, -120.2 kg vazn toifasida Hasanboy Rahimov hamda +120.2 kg vaznlilar o‘rtasida Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi vakili Ixtiyor Xolmurodov raqiblarini mag‘lub etib, havaskor MMA yo‘nalishidagi musobaqada Markaziy Osiyo chempioniga aylanishdi.
Shuningdek, -52.2 kg.da Odil Sayfiddinov, -65.8 kg.da Farruxjon Olimjonov, -70.3 kg.da Daler Yuldashev, -77.1 kg.da Azizjon G‘ulomhasanov, -83.9 kg.da Axmet Smetullayev, -93 kg.da Ilos Komilov, -120.2 kg.da Fayzullo Maxammatov, +120.2 kg vazn toifasida esa Hakimjon Ismoilov bronza medalini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi.
Shu tariqa, umumjamoa hisobida 7 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan Qozog‘iston terma jamoasi joy oldi. Uchinchi pog‘onaga 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi ko‘tarildi.
Chempionatning “Eng yaxshi jangchisi” nominatsiyasiga o‘zbekistonlik jangchi Ixtiyor Holmurodov loyiq deb topildi. Dadaxon Hasanov “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.