https://oz.sputniknews.uz/20211011/nemislar-polshani-evropa-ittifoqidan--siqib-chiqarmoqchi-20858279.html
Nemislar Polshani Yevropa Ittifoqidan siqib chiqarmoqchi
Nemislar Polshani Yevropa Ittifoqidan siqib chiqarmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Polsha Konstitutsiyaviy sudining Yevropa Ittifoqi qonuni haqidagi qarori Der Spiegel o‘quvchilarining keskin tanqidiga uchradi 11.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-11T16:44+0500
2021-10-11T16:44+0500
2021-10-11T16:44+0500
dunyoda
polsha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19242235_0:55:3077:1785_1920x0_80_0_0_a417dc2425a5bae85a14e168c341897a.jpg
TOShKENT, 11-oktabr -Sputnik. Germaniyaning Der Spiegel nashri Polsha konstitutsiyaviy sudining milliy konstitutsiya YeI qonunchiligidan ustuvor, degan qaroriga bag‘ishlangan maqolani chop etdi.Nashr ta’kidiga ko‘ra, Lyuksemburg TIV rahbari Jan Asselborn Polsha hukumati rahbarining harakatini "olov bilan o‘ynashish", deya baholagan.Internet-foydalanuvchilar izohlarda Polsha tomonidan qabul qilingan qarorni qattiq tanqid qilib, mamlakatni YeIdan chiqarib yuborishga chaqirganlar."Ketaversin. Polsha - YeIdan eng ko‘p foyda ko‘radigan mamlakatlardan biri, agar u ketmoqchi bo‘lsa, ketaversin. Shu bilan birga, Polsha tinchlikni buzishda birinchilardan. Hech bo‘lmaganda, bunda men Yevropa Ittifoqi uchun tiklanish imkoniyatini ko‘rapman", - deb yozadi HarryManback."Men iqtisodiy jihatdan kuchli, zamonaviy, dunyoviy, inson huquqlari hurmat qilinadigan Yevropa Ittifoqini ko‘rishni xohlayman, Polsha va Vengriya esa unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi", - deya ta’kidlaydi TEW nikli foydalanuvchi.Shuningdek, ular orasida, agar pul olib turmaganida, Polshaning o‘zi bu ittifoqni ancha oldin tark etgan bo‘lishi mumkin edi, degan taxminlar ham yangradi."Hamma Polsha faqatgina pul uchun hali ham YeI a’zosi ekanligini biladi. Agar sof donor bo‘lganida edi, u allaqachon chiqib ketgan bo‘lardi. Bu Vengriyaga ham tegishli", - deydi Krude.Hans7890 nikli foydalanuvchi esa "Eng muhimi, to‘lovlarni to‘xtating!", - deya chorlagan .Adliya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Didye Reynders esa ushbu voqealar fonida Polshada yevropa huquqi hurmat qilinishi uchun Yevrokomissiya bor imkoniyatni ishga solishini va’da qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210823/siyosiy-va-kredit-qaramligi-ei-bilan-dostlik-ukrainaga-nima-keltirdi-20203207.html
https://oz.sputniknews.uz/20210923/polsha-sharqiy-chegaralarida-250ta-amerika-tanklarini-joylashtiradi-20624006.html
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19242235_28:0:2757:2047_1920x0_80_0_0_c1eade26812c34c7c64157f62cf7b836.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, polsha
Nemislar Polshani Yevropa Ittifoqidan siqib chiqarmoqchi
Polsha Konstitutsiyaviy sudining Yevropa Ittifoqi qonuni haqidagi qarori Der Spiegel o‘quvchilarining keskin tanqidiga uchradi
TOShKENT, 11-oktabr -Sputnik. Germaniyaning Der Spiegel nashri Polsha konstitutsiyaviy sudining milliy konstitutsiya YeI qonunchiligidan ustuvor, degan qaroriga bag‘ishlangan maqolani chop etdi.
Nashr ta’kidiga ko‘ra, Lyuksemburg TIV rahbari Jan Asselborn Polsha hukumati rahbarining harakatini "olov bilan o‘ynashish", deya baholagan.
Internet-foydalanuvchilar izohlarda Polsha tomonidan qabul qilingan qarorni qattiq tanqid qilib, mamlakatni YeIdan chiqarib yuborishga chaqirganlar.
"Ketaversin. Polsha - YeIdan eng ko‘p foyda ko‘radigan mamlakatlardan biri, agar u ketmoqchi bo‘lsa, ketaversin. Shu bilan birga, Polsha tinchlikni buzishda birinchilardan. Hech bo‘lmaganda, bunda men Yevropa Ittifoqi uchun tiklanish imkoniyatini ko‘rapman", - deb yozadi HarryManback.
"Men iqtisodiy jihatdan kuchli, zamonaviy, dunyoviy, inson huquqlari hurmat qilinadigan Yevropa Ittifoqini ko‘rishni xohlayman, Polsha va Vengriya esa unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi", - deya ta’kidlaydi TEW nikli foydalanuvchi.
Shuningdek, ular orasida, agar pul olib turmaganida, Polshaning o‘zi bu ittifoqni ancha oldin tark etgan bo‘lishi mumkin edi, degan taxminlar ham yangradi.
"Hamma Polsha faqatgina pul uchun hali ham YeI a’zosi ekanligini biladi. Agar sof donor bo‘lganida edi, u allaqachon chiqib ketgan bo‘lardi. Bu Vengriyaga ham tegishli", - deydi Krude.
Hans7890 nikli foydalanuvchi esa "Eng muhimi, to‘lovlarni to‘xtating!", - deya chorlagan .
Adliya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Didye Reynders esa ushbu voqealar fonida Polshada yevropa huquqi hurmat qilinishi uchun Yevrokomissiya bor imkoniyatni ishga solishini va’da qilmoqda.