https://oz.sputniknews.uz/20211011/deputatlar-dam-olish-kunlarini-koproq-qilish-taklifini-bildirishdi-20860372.html
Deputatlar dam olish kunlarini ko‘proq qilish taklifini bildirishdi
Deputatlar dam olish kunlarini ko‘proq qilish taklifini bildirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi. 11.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-11T18:53+0500
2021-10-11T18:53+0500
2021-10-11T18:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
taklif
dam olish kuni
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556444_0:154:3072:1882_1920x0_80_0_0_014709e561f4ebb5ff38c6d977ebc880.jpg
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi davomida ma’lum qilindi.Ta’kidlanishicha, loyiha quyi palataning 7-oktabrdagi yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan. Keyin u bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida pishiq-puxta holatga keltirilgan.Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kabul kilinishi amaliyotga qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi. Qolaversa, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi.Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro‘z bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ro‘za hayit hamda Qurbon hayit bayramlarining birinchi kunlari bayram kunlari sanaladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556444_484:399:2469:1888_1920x0_80_0_0_a8923e7f198470a5a3b59c6df9f737b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, taklif, dam olish kuni, oliy majlis qonunchilik palatasi
jamiyat, o‘zbekiston, taklif, dam olish kuni, oliy majlis qonunchilik palatasi
Deputatlar dam olish kunlarini ko‘proq qilish taklifini bildirishdi
Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi davomida
ma’lum qilindi. “Taklif etilayotgan qonun loyihasida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chirilishi belgilanyapti. Bu degani qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyiha quyi palataning 7-oktabrdagi yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan. Keyin u bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida pishiq-puxta holatga keltirilgan.
Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining kabul kilinishi amaliyotga qator qulayliklarni yaratadi. Bunda bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanati ta’minlanadi. Qolaversa, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortib, tomonlarning mehnat natijadorligiga qiziqishi rag‘batlantiriladi.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro‘z bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, shuningdek, Ro‘za hayit hamda Qurbon hayit bayramlarining birinchi kunlari bayram kunlari sanaladi.