Bu yil xurmo eksportga arzon sotilmoqda - xalqaro ekspertlar

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishSbor urojaya xurmi
Sbor urojaya xurmi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonda xurmo kech hosilga kirdi va uning hosili nisbatan kam bo‘lmoqda.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda xurmo mavsumi arzon narxlardan boshlandi, deb xabar qilmoqda East Fruit tahliliy platformasi.
O‘zbekistonlik dehqonlar 2021-yilning 1-avgustidan 30-sentabriga qadar umumiy qiymati 4,1 mln $ dollarga teng xurmo eksport qilishgan. 2020-yilda ushbu ko‘rsatgich 7,4 mln $ni, 2019-yilda 5,3 mln. $ni tashkil qilgan edi,- deyilgan xabarda.
Undan tashqari, 2021-yilda xurmo narxlari oldingi yillarga nisbatan 30% ga past bo‘ldi. O‘zbekiston xurmosi narxi pasayishi ikkinchi yil ketma-ket kuzatilmoqda. 2020-yilda ham 2019-yilgan nisbatan narxlar 12% pasaygan edi. Ayni damda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar saralangan xurmoni kilosiga 2500 -3000 so‘m (0,23- 0,28 sent)dan sotmoqda.
Odatda O‘zbekistonda xurmo mavsumi 20-avgustdan boshlanib 15-yanvarga qadar davom etadi. Eng faol savdo sentabr – dekabr oylarida bo‘ladi, deyilgan xabarda.
2020 yilda O‘zbekiston rekord miqdorda xurmo eksport qilgan edi. Eksport hajmi 98,9 ming tonna va qiymati $49,4 mln dollarni tashkil qilgan edi. Bu o‘tgan 3-yilning ko‘rsatgichlariidan o‘rtacha 70%ga ko‘p bo‘lgan edi.
EastFruit tahlilchilari xulosasiga ko‘ra, bu yil O‘zbekistonda qish va bahorda anomal ob-havo bo‘lgan sababli xurmo hosilini olish 10 kun kech boshlandi. Undan tashqari ushbu holat hosil umumiy miqdori qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Xurmoning xususiyatlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2016
Xurmoning o‘ziga xos xususiyatlari
Yangiliklar lentasi
0