Avstriya tarixidagi eng yosh kansler Sebastan Kurs iste’foga chiqishini e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishKansler Avstrii Sebastyan Kurs
Kansler Avstrii Sebastyan Kurs - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2021
Obuna bo‘lish
Sebastan Kurs o‘ziga qarshi olib borilayotgan korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv sabab iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Avstriya kansleri Sebastan Kurs o‘ziga qarshi olib borilayotgan korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv sabab iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda u 9-oktabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Hozir barqaror munosabatlar lozim, shu bois ilojsizlik vaziyati, xaosning oldini olish va barqarorlikni ta’minlash uchun chetga o‘tib turmoqchiman. Men Xalq partiyasi jamoasidan ishni albatta davom ettirishni iltimos qildim”, - dedi Kurs.

RIA Novostining xabar qilishicha, Sebastan Kurs mamlakat ichki ilar vazirligi rahbari Aleksandr Shallenbergni o‘zini vorisi sifatida taklif qilgan.
Kurs bunday qaror qabul qilish unga oson bo‘lmanini tushuntirdi. U lavozimidan ketib, Avstriya xalq partiyasi raisi bo‘lib qoladi va uning parlamentdagi fraksiyasiga rahbarlik qilishda davom etadi.
6 oktabr kuni Avstriyaning iqtisodiyot va korrupsiya ishlari bo‘yicha prokuraturasi 35 yoshli Kurs va uning atrofidagi to‘qqiz kishiga qarshi korrupsiya ishi doirasida surishtiruv olib borayotganini tasdiqladi. Muxolifat kanslerni iste’foga chiqarishni talab qildi. Kursning o‘zi qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda.
OAV Kursni, ehtimol, u mahalliy nashrlardan biriga o‘zining faoliyatini ijobiy yoritish uchun budjet pullarini berganlik aylashayotgan bo‘lishlarii mumkinligi haqida yozmoqda.
Sebastan Kurs 2017-yil 18-dekabrida Avstriya kansleri etib tayinlagan edi. Bu lavozimni egallagach, mamlakat tarixidagi eng yosh kansler bo‘lgandi.
Vibori v parlament Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0