https://oz.sputniknews.uz/20211010/adliya-vazirligi-hokimiyat-vakillariga-qarshilik-korsatish-holati-kopaygan-20844046.html
Adliya vazirligi: hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish holati ko‘paygan
Adliya vazirligi: hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish holati ko‘paygan
Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tajovuz kayfiyati ham ortgan. 10.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-10T09:43+0500
2021-10-10T09:43+0500
2021-10-10T09:43+0500
jamiyat
ichki ishlar organi
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1390/25/13902509_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_ccf01f05e41ffafb94c61f1008b83821.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish jinoyatlarining soni oshgan. Bu AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.Shu bilan birga, u o‘z xizmat burchini yaxshi bilmaydigan, fuqarolarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘ladigan hokimiyat vakillari borligini inkor qilmadi. Bunday hokimiyat vakillari tegishli tartibda jazosini olishlari lozim.“Agarda fuqarolar shunday holatlarga duch kelishsa, ya’ni hokimiyat vakili tomonidan unga nisbatan qo‘pol muamala qilinsa yoki huquq va erkinliklari buzilsa, ushbu holat bo‘yicha sudga yoxud boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilish huquqiga egadir”, - deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.Ta’kidlanishicha, oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ham sezilarli daraja oshib bormoqda. IIO xodimlarining qonuniy talablariga quyidagilar kiradi:Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun belgilangan javobgarlik choralari kuchaytirildi. Endi bunday harakatlarni sodir etgan shaxslar jarimadan tortib 3-yilgacha qamalishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210928/surxondaryoda-ypx-xodimini-kapotida-sudragan-haydovchi-hibsga-olindi-20676148.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1390/25/13902509_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_5b3a77533724e1cbe914a71437dbf76b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ichki ishlar organi, adliya vazirligi
jamiyat, ichki ishlar organi, adliya vazirligi
Adliya vazirligi: hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish holati ko‘paygan
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tajovuz kayfiyati ham ortgan.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish jinoyatlarining soni oshgan. Bu AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva
ma’lum qildi. "Statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish jinoyatlarining soni oshgan, jumladan 2019-yilda – 243 tani, 2020-yilda esa 251 tani tashkil etgan. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tajovuz kayfiyati ham ortib, 2018-yildagi 24,1 ming holat sodir etilgan bo‘lsa, 2020-yilda 39 ming holatni tashkil qilmoqda”, - dedi O‘rinboyeva.
Shu bilan birga, u o‘z xizmat burchini yaxshi bilmaydigan, fuqarolarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘ladigan hokimiyat vakillari borligini inkor qilmadi. Bunday hokimiyat vakillari tegishli tartibda jazosini olishlari lozim.
“Agarda fuqarolar shunday holatlarga duch kelishsa, ya’ni hokimiyat vakili tomonidan unga nisbatan qo‘pol muamala qilinsa yoki huquq va erkinliklari buzilsa, ushbu holat bo‘yicha sudga yoxud boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilish huquqiga egadir”, - deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.
Ta’kidlanishicha, oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ham sezilarli daraja oshib bormoqda. IIO xodimlarining qonuniy talablariga quyidagilar kiradi:
huquqbuzarlikni to‘xtatish;
hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish;
ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish;
transport vositasini to‘xtatish;
jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish va o‘z xizmat vazifasida belgilab qo‘yilgan boshqa talablar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun belgilangan javobgarlik choralari kuchaytirildi. Endi bunday harakatlarni sodir etgan shaxslar jarimadan tortib 3-yilgacha
qamalishi mumkin.