Samarqand xalqaro aeroporti bir oyga yopiladi

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Obuna bo‘lish
Samarqand xalqaro aeroporti 2021-yilning 20-oktabridan 20-noyabriga qadar vaqtincha yopilmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti 2021-yil 20-oktabrdan 20-noyabrgacha yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan parvozlarni vaqtincha to‘xtatadi.
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Toshkent aeroportida yangi terminal ochildi
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, barcha reyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari — Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi, u yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yerusti transferi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3105 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilishi to‘liq yakunlangan.
Bir oy ichida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan bog‘lash bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
2022 yilda ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0