https://oz.sputniknews.uz/20211009/hududlarda-310-ta-yangi-avtobus-yonalishlari-tashkil-etiladi-20842968.html
Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. 09.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-09T17:51+0500
2021-10-09T17:51+0500
2021-10-09T17:51+0500
jamiyat
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1e/19892434_0:66:1103:686_1920x0_80_0_0_669e4c7bda7367d8e98e9917b64f6f90.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:- tijorat banklarining Yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi;- tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210815/andijon-uchun-70-ta-zamonaviy-avtobus-xarid-qilinadi-20080974.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1e/19892434_49:0:1052:752_1920x0_80_0_0_bf45283e0d8d33579cc71978f7a82af0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, avtobus
Hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.
Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) bo‘lgan yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi bo‘lib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.
Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
- tijorat banklarining Yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi;
- tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.