Afg‘on masjididagi portlash: O‘zbekiston reaksiyasi

© AFP 2023 / -Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV Qunduz shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qo‘shni respublikada yuz bergan terakt yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekiston shu yilning 8-oktabrida Afg‘onistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida ko‘plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.
Bunday zo‘ravon harakatlar Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi.
© AFP 2023 / -Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz
O‘zbekiston hukumati ushbu g‘ayriinsoniy hujumda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta’ziya izhor etadi”, - deyilgan TIV bayonotida.
© AFP 2023 / -Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Terakt vo vremya patnichnoy molitvi v afganskom gorode Kunduz
Kuni kecha Qunduz shahrida joylashgan shiya masjidida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Terakt oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, 143 kishi jarohatlandi.
“Tolibon”* harakati vakili Zabiulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, portlash joyiga spesnaz kuchlari yetib kelgan, surishtiruv olib borilmoqda. OAV harakatning mahalliy vakiliga tayanib, portlashni xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
Mudhish qotillik uchun javobgarlikni “Islom davlati”ga kiruvchi "Viloyati Xuroson”* o‘z zimmasiga oldi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0