Neft va gaz obyektlarida xavfsizlik talablarini buzgan 13 xodimga chora ko‘rildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPunkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoe toplivo
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoe toplivo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Buxoro va Navoiydagi neft va gaz obyektlarida xavfsizlik talablarini buzgan 13 nafar xodimga chora ko‘rildi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” obyektlaridagi sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo‘yicha monitoring nazorat tekshiruvi (4-bosqich) o‘tkazildi.
Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ, Gazli neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasi, “O‘zneftegazquduqta’mirlash” AJ, “Buxoro neft bazasi” MChJ, “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ va O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi bo‘linmalari, “Navoiy neft bazasi” MChJ hamda ularning filiallarining sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari o‘rganildi.
Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
O‘zbekistonda benzin qimmatlashdimi? Deputat Kusherbayev narxlarni o‘rganib chiqdi
O‘tkazilgan 4-pog‘ona nazorat tekshiruv natijalariga asosan sanoat xavfsizligi yo‘nalishida 101 ta, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yo‘nalishida 53 ta, gaz xavfsizligi yo‘nalishida 8 ta, yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida 41 ta, elektr xavfsizligi yo‘nalishida 17 ta, atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida 40 ta hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha 15 ta kamchiliklar aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo‘yicha bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 13 nafar xodimlarga chora ko‘rildi va 19 nafar xodimlar rag‘batlantirildi.
Monitoring jarayonida boshqarma va korxona mutaxassislariga ishlarni tashkillashtirish, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muxofaza qilish va mehnat xavfsizligi, energetika va mexanika yo‘nalishlarida amaliy yordam berilmoqda.
O‘rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tuzildi. Chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan boshqarma va korxonalar mas’ul xodimlariga topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0