Ko‘pvektorli tashqi siyosatning o‘zbek modeli nima - Kamilov

© "Pravda Vostoka"Abdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Hamma intilayotgan “ko‘p qutbli dunyo” tushunchasining o‘zi ko‘pvektorli xalqaro hamkorlikni nazarda tutadi - Kamilov.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, “Pravda Vostoka” nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston tashqi siyosatida “ko‘p vektorlik” nima uchun kerakligini tushuntirib berdi.

Global raqobatda suverenitet

Realistik nazar bilan qaraganda, bugungi dunyoda yirik davlatlarning murosasiz raqobati Markaziy Osiyo ham davom etayotganini va uning tobora keskinlashib borayotganini ko‘rish mumkin, deydi diplomat.
“Yirik davlatlar intilishlari aksariyat hollarda o‘zaro ziddiyatli bo‘lib, ularning manfaatlari to‘qnashuvi hudud manfaatlariga javob bermaydi. Ba’zan ular Markaziy Osiyo davlatlari oldida “geosiyosiy tanlov” shartini qo‘yadi”, - deydi Kamilov.
Bunday vaziyatda, har qanday suveren davlat tashqi tashqi kuch manfaatidan xoli bo‘lishi, o‘z irodasi bilan, o‘z manfaatlari yo‘lida emin-erkin harakat qilishni istaydi. Afsuski, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida, har doim ham buni uddalash qiyin.
Biz dunyoning yirik davlatlari raqobati mintaqamiz mamlakatlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini istamaymiz. Axir tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, afg‘on mojarosining kelib chiqishi dunyo bo‘yicha tarqalgan ikkita siyosiy tizimning “sovuq urush” yillaridagi global qarama-qarshiligi bilan bog‘liq ekanini ko‘rish mumkin, - deydi Kamilov.
Shu sababli ham, biz u yoki bu pozitsiyani tanlashda, tashqi kuchlar foydasini ko‘zlashga majbur bo‘lmasligimiz kerak.
Bugungi O‘zbekiston tashqi siyosati, ana shunday vaziyatlarning oldini olish, milliy manfaatlar poymol bo‘lmasligiga qaratilgan va quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:
1.
Yaqin va uzoq davlatlar bilan muvozanatli strategik sheriklik tizimini shakllantirish;
2.
Qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish;
3.
Global o‘zgarishlarning ta’sirini yumshatuvchi mintaqaviy xavfsizlik tizimi barpo etish.
Undan tashqari O‘zbekiston harbiy bloklarda ishtirok etmaydi. Bugungi kunda Respublika o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli salohiyatga ega.

Ko‘pvektorli tashqi siyosatining o‘zbek modeli

“Ko‘p vektorlilik” tushunchasiga qandaydir salbiy ma’no berish oqilona ish emas. Hamma intilayotgan “ko‘p qutbli dunyo” tushunchasining o‘zi barcha uchun ko‘pvektorli xalqaro hamkorlik muhim ekanini nazarda tutadi.
“Bizning tushunchamizda ko‘pvektorlilik ijobiy va konstruktiv ma’noga ega. Biz turli yirik sheriklarimizga “teng masofadagi uzoqlik” emas, balki “teng masofadagi yaqinlik” tamoyilini qo‘llaymiz”, - deydi Kamilov.
Ko‘pvektorli tashqi siyosat borasidagi o‘zbek modelining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, uning ustuvor vektori, bu — milliy manfaatdir, deb davom ettirdi vazir.
Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri, O‘zbekiston ko‘pvektorli tashqi siyosatida ham yaqin vaqt ichida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligini aytib o‘tdi.
"Fikrimcha, O‘zbekiston tashqi siyosatida pragmatik ko‘pvektorli modelni qo‘llash bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish vaqti keldi, chunki bu boradagi amaliyotimiz o‘ziga xos tajriba va xususiyatlarga ega", - dedi intervyu yakunida Kamilov.
Ma’lmuot uchun, hozirgi kunda O‘zbekiston dunyodagi 135 dan ortiq davlat bilan teng huquqli munosabatlar, 120 dan ziyod mamlakat bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston 55 ta elchixona, konsullik idoralari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalaridan iborat diplomatik tarmoqqa ega.
Yangiliklar lentasi
0