https://oz.sputniknews.uz/20211008/kamilov-afgoniston---imkoniyat-manbai--20827413.html
Kamilov: Afg‘oniston - imkoniyat manbai
Kamilov: Afg‘oniston - imkoniyat manbai
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonni "notinch qo‘shni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda. 08.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-08T13:49+0500
2021-10-08T13:49+0500
2021-10-08T13:50+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
abdulaziz kamilov
tashqi siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/07/20813946_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_5637d2e28f5a62b30d2c2da1bddad8d8.jpg
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Afg‘oniston nafaqat xavf-xatar, balkim yangi imkoniyatlar manbaidir, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan intervyusida. Afg‘onistonda hukumat almashishidan so‘ng murakkab vaziyat yuzaga kelgani, mamlakatning turli qismlarida terrorchi guruhlar faoliyat yuritayotganigan qaramasdan, ushbu davlat yangi imkoniyatlar manbai deb qabul qilish kerakligini ta’kidladi vazir. Shuningdek, diplomat Afg‘oniston 90-yillarda bo‘lgani kabi “yakkalab qo‘yilgan” davlatga aylanishini oldini olish kerakligini, qo‘shni davlatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish - o‘ta muhim ekanini ta’kidladi. "Biz bu mamlakat bilan chegarani ochdik va birinchi galda zarur bo‘lgan mahsulotlar — oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydik", - dedi Kamilov. Undan tashqari rasmiy Toshkent Afg‘onistonning xorijiy banklarda muzlatib qo‘yilgan davlat aktivlarini qayta ochishni yoqlaydi hamda jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni davom ettirishga da’vat etmoqda.Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Afg‘onistonni "notinch qo‘shni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda. Va bu siyosat uzoq muddatga mo‘ljallangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/07/20813946_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_ba2dd6de751cf6241089bab5ae5bd82f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, abdulaziz kamilov, tashqi siyosat
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, abdulaziz kamilov, tashqi siyosat
Kamilov: Afg‘oniston - imkoniyat manbai
13:49 08.10.2021 (yangilandi: 13:50 08.10.2021) O‘zbekiston Afg‘onistonni "notinch qo‘shni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda.
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Afg‘oniston nafaqat xavf-xatar, balkim yangi imkoniyatlar manbaidir, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Pravda Vostoka" gazetasiga bergan
intervyusida. Afg‘onistonda hukumat almashishidan so‘ng murakkab vaziyat yuzaga kelgani, mamlakatning turli qismlarida terrorchi guruhlar faoliyat yuritayotganigan qaramasdan, ushbu davlat yangi imkoniyatlar manbai deb qabul qilish kerakligini ta’kidladi vazir.
"Biz Afg‘onistonning nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki mintaqaviy konstruktiv va yaratuvchan loyihalarga asos bo‘ladigan yangi imkoniyatlar manbasi ekanini nazarda tutishimiz lozim", - dedi Kamilov.
Shuningdek, diplomat Afg‘oniston 90-yillarda bo‘lgani kabi “yakkalab qo‘yilgan” davlatga aylanishini oldini olish kerakligini, qo‘shni davlatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish - o‘ta muhim ekanini ta’kidladi.
"Biz bu mamlakat bilan chegarani ochdik va birinchi galda zarur bo‘lgan mahsulotlar — oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydik", - dedi Kamilov.
Undan tashqari rasmiy Toshkent Afg‘onistonning xorijiy banklarda muzlatib qo‘yilgan davlat aktivlarini qayta ochishni yoqlaydi hamda jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda ijtimoiy, iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni davom ettirishga da’vat etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Afg‘onistonni "notinch qo‘shni"dan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik va yangi ikmoniyatlar manbaiga aylanishini uchun harakat qilmoqda. Va bu siyosat uzoq muddatga mo‘ljallangan.