https://oz.sputniknews.uz/20211007/shavkat-mirziyoev-noyabr-oyida-rossiyaga-tashrif-buyuradi-20808775.html
Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi
Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat prezidentlari kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar. 07.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-07T12:22+0500
2021-10-07T12:22+0500
2023-04-05T18:34+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/60/14076026_0:60:2703:1580_1920x0_80_0_0_19cf7edcd3dfc6025313ecfa2186676d.jpg
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Suhbat avvalida Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladi.Prezident Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Mirziyoyev va Putin xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan fikr almashdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko Sputnik bilan suhbatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/60/14076026_0:0:2703:2027_1920x0_80_0_0_8c25444af185cde4a9195b9366e49a08.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, vladimir putin, rossiya
siyosat, shavkat mirziyoyev, vladimir putin, rossiya
Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi
12:22 07.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Ikki mamlakat prezidentlari kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladi.
Prezident Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Mirziyoyev va Putin xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan fikr almashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko Sputnik bilan suhbatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlab qo‘yilganini
ma’lum qilgan edi.