Rossiyada ishlash niyatida bo‘lganlar uchun onlayn tanlovlar o‘tkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKrupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Ertaga O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun onlayn shaklida tanlovlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning turli tashkilotalrida ishlash niyatida bo‘lganlar uchun onlayn tarzda bo‘lib o‘tadigan tanlovni e’lon qildi.
Rossiyaning “Kamaz”, “OKN servis”, “Shtandart”, “Spespostavka” tashkilotlari bo‘sh ish o‘rinlari uchun 8-oktabr kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Quyidagi mutaxassislar tanlab olinadi:
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya qurilish maydonlariga migrantlarni olib kelish qachon boshlanadi
elektr-gaz payvandchi, shtaplovchi, yuk tashuvchi, yuklovchi, qadoqlovchi, traktor va avtomobil haydovchisi, mashina payvandchisi, muhandis-konstruktor, yuk tarqatuvchi, shaffof tizimlar va ikki qavatli oynalarni yig‘ish bo‘yicha mutaxassislar, santexniklar.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lgan nomzodlar uchun talablar:
· 18-50 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
· Yuqori talabchanlik;
· Sudlanmagan bo‘lishi;
· O‘zbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilmagan bo‘lishi.
Oylik maoshi (ish hajmi va ish grafigiga bog‘liq), deyilgan xabarda.
Tanlov o‘tkaziladigan hududlar haqidagi ma’lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy bo‘linmalaridan olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0