O‘zbekistonlik sambochilar Qozonda 3ta medalni qo‘lga kiritishdi

© Ministerstvo turizma i sporta UzbekistanaUzbekistanskie sambisti zavoyevali tri medali na mejdunarodnom turnire v Kazani
Uzbekistanskie sambisti zavoyevali tri medali na mejdunarodnom turnire v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Musobaqada 15ta mamlakatidan 207 nafar sportchi kurash olib bordi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha “Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirida O‘zbekiston sambochilari ham munosib ishtirok etishdi va respublikaga uchta medal bilan qaytib kelishdi. Bu haqda turizm va sport matbuot xizmati xabar qildi.
Sambisti Uzbekistana zavoyevali pervoe mesto v obshekomandnom zachote chempionata Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
O‘zbekistonlik sambochilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi
-79 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Firdavs Xojimamatov finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
-98 kg vaznli sambochi Ne’mat Yoqubov ham musobaqaning kumush medali egasiga aylandi.
Jangovar sambo bahslarida esa -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan San’at Ismanov bronza medali bilan qaytib keldi.
To‘rtinchi marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan 207 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
Yangiliklar lentasi
0