O‘zbekiston va Xitoy afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni muhokama qildi

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiSemya afganskix bejensev s veshami vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan
Semya afganskix bejensev s veshami vozle jeleznodorojnoy stansii v Chamane, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Xitoy elchisi Szan Yan bilan dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Xitoy elchisi Szan Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakatning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, diplomatlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning ayrim jihatlariga alohida e’tibor qaratishdi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston doimo bu mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidlagandi. Hozirgi murakkab sharoitda ham jafokash afg‘on xalqiga mamlakat qo‘lidan kelgan barcha zarur yordamni ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, yaqinda afg‘on xalqiga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami jo‘natildi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor - TIV
Yangiliklar lentasi
0