Mirziyoyev yangi saylangan Yaponiya bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

© AFP / TORU HANAIPremyer-ministr Yaponii Fumio Kisidu
Premyer-ministr Yaponii Fumio Kisidu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisida 4-oktabr kuni yangi bosh vaziri etib saylangan edi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fumio Kisidaga uning Yaponiya bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev maktubida mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat xalqlar farovonligi yo‘lida har tomonlama ro‘yobga chiqishiga ishonch bildirilgan.
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisida 4-oktabr kuni mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylangan edi. Uning nomzodini 448 nafar parlamentariylardan 311 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Bunga qadar Kisida 2012-2017 yillarda Yaponiya tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0