“Elektr energiya uchun qarzdor”: Afg‘onistondan qochib ketgan amaldorlarning uylari sotiladi

LEP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondan qochib ketib, elektr energiya uchun to‘lamayotgan amaldorlarning uylari sotiladi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Afg‘onistondan qochib ketib, elektr energiya uchun to‘lamayotgan amaldorlarning uylari sotiladi. Bu haqda TOLOnews nashri Afg‘oniston DABS energetika kompaniyasi direktori Safiullo Ahmadzoyga asosan xabar qildi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonning xorijiy elektr energiyasi eksportchilaridan qarzdorligi 62 million dollarni tashkil etmoqda, deydi u.
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun salkam 10 million $ qarzdor
Davlat kompaniyasi hukumat ruxsatini olgach, chet elga qochgan sobiq rejim amaldorlari va siyosatchilarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk sotishni boshlaydi: ularning ba’zilari yillar davomida elektr energiyasi uchun pul to‘lamagan.
DABS sobiq rahbari Daud Nurzay birinchilardan bo‘lib shunday vaziyat tufayli afg‘on xalqi elektr energiyasiz qolishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Ilgariroq, Afg‘oniston elektr energiyasi uchun O‘zbekistondan 9,9 million $ qarzdor ekanligi haqida xabar berilgandi. DABS kompaniyasi BMTning Afg‘onistonga yordam berish missiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0