Doniyor Rustamov AKT vaziriga yangi o‘rinbosar etib tayinlandi

© Press-slujba “Uzkomnazorat”Doniyor Rustamov naznachen noviy zamestitel ministra po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy.
Doniyor Rustamov naznachen noviy zamestitel ministra po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Rustamov bugungacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rustamov bugungacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U bu lavozimda Bahromjon Olmatovning o‘rnini egalladi.
Bahromjon Olmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan AKT vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yangiliklar lentasi
0