Belgiyada dunyoda birinchi ekoqabriston paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishDerevanniy grob
Derevanniy grob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu qabristonda joylar sotilmaydi, faqat 25-yilga ijaraga beriladi. Ushbu vaqt ichida qabrga qo‘yilgan hamma narsa "tabiatning bir bo‘lagiga" aylanib ketishi kerak.
TAShKENT, 7 okt — Sputnik. Belgiyada dunyoda birinchi ekologik xavfsiz qabriston paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Yevropuls".

Qabriston bor-yo‘g‘i 600 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda joylar sotilmaydi, faqat 25-yilga ijaraga beriladi. Ushbu vaqt ichida qabrga qo‘yilgan tobut va matolar, inson tanasi "tabiatning bir bo‘lagiga" aylanib ketishi kerak, - deyiladi xabarda.

Yangi qabristonda marhumlarni faqat qayta ishlangan va biologik chirib ketishi mumkin bo‘lgan tobutlarda ko‘mishga ruxsat berilgan. Shuningdek bu yerda qabrlar ustiga yodgorlik, panjara yoki boshqa qurilmalar o‘rnatish ham ta’qiqlangan.
Qabristonda o‘rnatilgan barcha o‘rindiqlar yog‘ochdan yasalgan. yo‘laklar atrofida daraxtlar ekilgan bo‘lib, ushbu daraxt shoxlariga marhumning ismi yozilgan chumchuq uya o‘rnatish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0