O‘zbekistonlik bodibilder ayol Evelina Toshkentdagi JCh g‘olibasi bo‘ldi

© Yuriy KorsunsevEvelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonlik bodibilder ayol Evelina Yusupova jahon chempionatida g‘olibasi bo‘ldi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkentda "Xumo Arena" sport majmuasida bodibilding bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etdi, sportchilarning umumiy soni 300dan ziyod.
Hakamlarning qaroriga asosan o‘zbekistonlik bodibilder ayol Evelina Yusupova “WOMEN'S JUNIOR MODEL PHYSIQUE 21 YRS & UNDER” toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
© Yuriy KorsunsevEvelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Evelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Sputnik O‘zbekiston muxbiri sportchi bilan suhbatlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u besh yildan beri bidibilding bilan shug‘ullanadi.
Sizda qachon bodibilding bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ldi? Hammasi nimadan boshlandi?
Ehtimol, o‘zim uchun yaxshiroq bo‘lish, sport faoliyatida ma’lum yutuqlarga erishish - menga motivatsiya bo‘ldi.
© Yuriy KorsunsevEvelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Evelina Yusupova zanyala pervoe mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Bunday ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimadan voz kechishga to‘g‘ri keldi?
Birinchi navbatda bu - vaqt, kuniga 4ta mashg‘ulot, sport zalda 6 soat o‘tkazaman.
Hammasini tashlab, odatdagi hayot tarziga qaytishni xohlagan payt bo‘lganmi?
Men faqat 3,4 o‘rinni egallagan paytlar bo‘ldi, afsuslanganman, lekin bu menga motivatsiya bo‘lib, yanada ko‘proq mashq qilishga undadi.
© Yuriy KORSUNTSEVXII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente
XII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
XII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente
Kuch mashqlarini bajarish uchun kuniga qancha ovqatlanish kerak. Ratsion nimadan iborat va kaloriya miqdori qancha?
Men kuniga 1 kilogramm qaynatilgan tovuq ko‘kragi, 2ta qaynatilgan tuxum, taxminan bir hovuch yong‘oq va 7ta osh qoshiq grechka iste’mol qilaman, bu taxminan 1300 kaloriya.
Bodibilding bo‘yicha XII jahon chempionati g‘olibasi bo‘lganingizda qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirdingiz? Siz uchun bu kutilgan holat bo‘lganmi yoki surpriz bo‘ldimi?
Rostini aytsam, men hayratda qoldim, chunki bundan oldin men faqat 2,3-o‘rinni egallaganman. Bugun esa ikkinchi toifadagi chempion deb e’lon qilishdi, men hayratda qoldim, tan olaman, men uchun bu juda quvonarli bo‘ldi.
© SputnikV Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu
V Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
V Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu
Sizningcha, O‘zbekistondagi ayollar bodibilding kelajagi qanday?
Albatta, agar davlatimiz bunga katta e’tibor bersa, u rivojlanadi va bu sohada raqobat kuchayadi va shuning uchun rivojlanadi, odamlar aynan shu sport turiga qiziqishni boshlaydi.
Bugun oldingizga qanday vazifalar qo‘ygansiz? Ularga qanday erishmoqchisiz?
Men bu sport turida yanada rivojlanib, sharafli o‘rinlarni zabt etishni xohlayman. Shuningdek, professionallar o‘rtasida jahon chempionati ham bor, u yerda raqobat juda katta, umid qilamanki, kelajakda menga omad ko‘lib boqadi, sovrindor bo‘laman.
Kelgusida esa men o‘z shogirdlarimni tayyorlamoqchiman, ularning g‘alabalaridan xursand bo‘lishni istayman.
Yangiliklar lentasi
0