O‘zbekiston internatlarida bolalar soni ikki baravar ko‘p - YuNISEF

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRebenok v detskom dome-internate, arxivnoe foto
Rebenok v detskom dome-internate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Bolajon xalq deymizu, lekin O‘zbekistonda internat va bolalar uylarda tarbiyalanayotganlar soni dunyoning boshqa joylaridan ko‘ra ikki baravar ko‘p ekan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekistonda nogironligi bor bolalarni internatga topshirish – juda ko‘p uchraydigan holat, deb xabar qilmoqda YuNISEF.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston internatlarida 2018-yilda jami 26532 nafar bola tarbiyalangan va ularning aksariyati nogironligi bor bo‘lgan bolalardir. O‘zbekistonda har 100 ming bola soniga internatlarda tarbiyalanayotgan bolalar soni 255 nafarni tashkil qiladi. Bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatgichdan ikki baravar ko‘p.
YuNISEF hisobotida, bolalarni bunday muassasalarga joylashtirishning asosiy sababi – kambag‘allik, oilaviy muammolar, migratsiya va ajralishlar deyilgan.
“Bolada nogironlik bo‘lsa yoki oilada moddiy muammolar bo‘lsa, ona-onalari ularni internatlarga topshirishadi. Bunda bola oila sharoitida katta bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bolani oildadan ajratgandan ko‘ra, bunday oilalarga moddiy yordam ko‘rsatgan yaxshi”, - deydi Aliya Yunusova, O‘zbekistonda bolalar huquqlari ombudsmeni.
Bolalarni internatlarga topshirilishiga yana bir sabab, ayrim ota-onalarning bunday muassasalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega ekanligi ham sabab bo‘lmoqda, deydi O‘zbekiston Senatining Yoshlar, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhammedova.
“Ota-onalar bolalarini internatlarga joylashtirayotgan ota-onalar bolam u yerda hamma narsa bilan ta’minlanadi deb ishonadi. Aslida bunday emas. Internatda bola jamiyatdan ajralib, ruhiy va madaniy tarbiyadan ortda qolib katta bo‘ladi”, - deydi Senat a’zosi.
Internatda bolalar uchun qancha yaxshi sharoit yaratilmasin, u baribir uydek bo‘lmaydi, deydi Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov.
“Bunday yopiq muassasalarda biz bolalar uchun oila muhitini yarata olmaymiz. Har bir bola oilada katta bo‘lishi kerak”, - dedi viloyat hokimi.
Darhaqiqat, butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar, bolani internat va mehribonliy o‘ylarida tarbiyalash, uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlagan, deydi bola himoyasi bo‘yicha YuNISEFning O‘zbekistondagi vakili Antonia Lyudeke.
“Bolani internatda tarbiyalash uning aqliy rivojlanishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Bu ko‘p yillik izlanishlar natijasida tasdiqlangan. Bolalar, ayniqsa yosh bolalar ruhiy va jismoniy rivojlanishida jiddiy ortda qolishi mumkin”, - deydi YuNISEF mutaxassisi.
O‘zbekistonda internatga topshirilayotgan bolalar muammosini chuqurroq o‘rganish va hal qilish maqsadida YuNISEF Toshkent viloyati internatlarda tarbiyalanayotgan bolalar haqida ma’lumot to‘play boshladi. Izlanish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bolalarni tarbiya qilish tizimiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Bunday o‘zgarishlar qatoriga, oilani saqlab qolish choralari bilan bir qatorda, bolani uy sharoitida tarbiyalash uchun “qo‘shimcha yordam dasturlari”, “yordam paketlari” ham ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Maqsad - kelajakda bunday internatlar sonini kamaytirish, har bir bola uchun individual “yordam paketi” ishlab chiqish va imkon qadar bolani oila sharoitida tarbiyalashni saqlab qolishdir.
Bu borada YuNISEF O‘zbekiston prezidentning yangi internatlar yaratishni ta’qiqlash, bola tarbiyasi sohasini isloh qilish, internatlardagi bolalarni bosqichma-bosqich oilalarga qaytarish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0