https://oz.sputniknews.uz/20211006/ozbekiston-bmtning-quruqlik-portlari-togrisidagi-bitimga-qoshildi-20786035.html
O‘zbekiston BMTning “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shildi
O‘zbekiston BMTning “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shildi
Sputnik O‘zbekiston
Shartnomaga qo‘shilishdan O‘zbekistonning logistika markazlarini xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish va ro‘yxatga kiritish kutilmoqda. 06.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-06T10:42+0500
2021-10-06T10:42+0500
2021-10-06T10:49+0500
siyosat
o‘zbekiston
bmt
shartnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20189528_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c32421d636838220887cc44761a2dadd.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.Yuklarni dengiz orqali tashish protseduralarini soddalashtirishga qaratilgan "Quruqlik portlari" to‘g‘risidagi bitim 2013-yil 1-may kuni Bangkokda imzolangan.Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg‘unlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.Shartnomaga qo‘shilishdan O‘zbekistonning logistika markazlarini (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish va ro‘yxatga kiritish kutilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20189528_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_6805e347fa2416190ca14d8b8f72fd83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, bmt, shartnoma
siyosat, o‘zbekiston, bmt, shartnoma
O‘zbekiston BMTning “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shildi
10:42 06.10.2021 (yangilandi: 10:49 06.10.2021) Shartnomaga qo‘shilishdan O‘zbekistonning logistika markazlarini xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish va ro‘yxatga kiritish kutilmoqda.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti
qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining "Quruqlik portlari" to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimiga qo‘shildi.
Yuklarni dengiz orqali tashish protseduralarini soddalashtirishga qaratilgan "Quruqlik portlari" to‘g‘risidagi bitim 2013-yil 1-may kuni Bangkokda imzolangan.
Transport vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg‘unlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.
Shartnomaga qo‘shilishdan O‘zbekistonning logistika markazlarini (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish va ro‘yxatga kiritish kutilmoqda.