Migrantlar Rossiyadan vataniga qarzga pul jo‘natishlari mumkin bo‘ladi

© Pexels / Pavel ChernonogovRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Avvaliga migrantlar “Megafon”ning barcha salonlarida 5-15 ming rubl qarz olishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Mehnat migrantlari Rossiyadan vataniga kreditga pul jo‘natishlari mumkin.
Buni 11-oktabrdan boshlab “Zolotaya korona” to‘lov xizmatlari tizimi yordamida amalga oshirishning imkoni bo‘ladi, deb yozadi “Vedomosti” nashri kompaniya direktorlar kengashi raisi Nikolay Smirnovga tayangan holda.
Avvaliga migrantlar kichik miqdorda qarz olishlari mumkin – 5-15 ming rubl. Kreditni “Strana ekspress” kompaniyasi taqdim etadi.
21 kun mobaynida kredit bo‘yicha foiz olinmaydi, keyin u kuniga 1 foizni tashkil etadi.
Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, qarzni “Megafon”ning barcha salonlarida olish mumkin bo‘ladi. Keyin qarzni boshqa salonlarda ham berish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
O‘zbekistonga jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalari oshdi - Markaziy bank
Yangiliklar lentasi
0