https://oz.sputniknews.uz/20211006/mahsulotlarni-eksport-qilishda-tashish-xarajatlarining-50-foizgachasi-qoplab-berilishi-mumkin-20788942.html
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgachasi qoplab berilishi mumkin
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgachasi qoplab berilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. 06.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-06T12:19+0500
2021-10-06T12:19+0500
2021-10-06T12:21+0500
iqtisod
eksport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1062/98/10629892_0:168:2778:1731_1920x0_80_0_0_be23d32c745592b4b1bf3230b5e92528.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.Unga ko‘ra, mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.Hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi, hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211004/ayrim-tovarlarga-bojxona-imtiyozlari-qollaniladi-20753717.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1062/98/10629892_47:0:2778:2048_1920x0_80_0_0_94c5b958a166a2b0ff2598dce988d95f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, eksport
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgachasi qoplab berilishi mumkin
12:19 06.10.2021 (yangilandi: 12:21 06.10.2021) Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb
xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga ko‘ra, mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.
Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan;
mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan;
mahsulotlar O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilingan (Afg‘onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSh dollarigacha mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno);
eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi, hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi.