IIBB Toshkent ko‘chalarida bir guruh samuraylar nega yugurgani yuzasidan izoh berdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni Toshkent ko‘chalarida "Naruto" personajlari liboslariga burkanib olgan noma’lum shaxslar omma e’tiborini tortdi
TOShKENT, 6 okt - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti ko‘chalarida kimlarni uchratmaysiz, deysiz. Bu safar yo‘lovchilarni bir guruh shinobilar turtib ketishiga sal qoldi.
Sal o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent ko‘chalarida yugurayotgan bir guruh samuraylar" sarlavhali video tarqaldi.
Video kadrlarda ko‘rinib turibdiki, samuraylar guruhi yo‘lovchilar e’tiborini tortgan va hatto ularga manzur kelgan. Aholi ularni bajonidil mobil telefonlarga videoga olib, kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida restoran ochilishi munosabati bilan yollangan aktorlar maxsus kiyimlarda ochilish marosimiga jalb qilingan.
Aktorlarning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi ta’kidlangan.
Yangiliklar lentasi
0