https://oz.sputniknews.uz/20211006/bozor-tamoyillariga-otish--benzin-taqchilligi-muammosini-hal-qildi--vazirlik-20791659.html
Bozor tamoyillariga o‘tish – benzin taqchilligi muammosini hal qildi – vazirlik
Bozor tamoyillariga o‘tish – benzin taqchilligi muammosini hal qildi – vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda iste’molchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda Ai 92-95 markali import benzin ham yetkazib berilmoqda. 06.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-06T14:27+0500
2021-10-06T14:27+0500
2021-10-06T14:27+0500
iqtisod
benzin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18003109_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_d455dd219e435c183090e4f9467d9491.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekistonda benzin narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan, ayni damda mahsulot narxlari neftning dunyo bozoridagi narxi hamda ishlab chiqaruvchi xarajatlari asosida belgilanadi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.Neftni qayta ishlash zavodlari o‘z mahsulotlarini faqat birjalar orqali sotishi mumkin. Ana shunday tartib O‘zbekistonda bosqichma-bosqich qabul qilingan. Xususan:Hozirda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import qilinayotgan avtobenzinlarning ichki bozorda realizatsiyasi tobora ortib bormoqda.Ma’lumot uchun, Brent neftning jahon birjalaridagi narxlari 80-81 AQSh dollarni tashkil etganda, AYoQSh larda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan Ai-80 avtobenzini 5 800 – 6 100 so‘m chakana narxlarda sotilmoqda. Yuqori oktanli Ai-91-95 benzinlar o‘rtacha narxi 8 900 so‘mni tashkil qiladi.Energetika vazirligi alohida qayd etishiga ko‘ra, bugungi kunda bozor tamoyillariga o‘tish borasida qabul qilingan choralar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, O‘zbekistonda avtobenzin taqchilligi muammosi hal etilgan. Iste’molchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda, Ai-91, Ai-92, Ai-95 markali import qilinayotgan benzinlar ham yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga benzin importi miqdori 3,2 baravar oshgan edi. Import qilinayotgan benzin asosan Rossiyadan (139 mln. litr), Turkmanistondan (121 mln. litr), Qozog‘istondan (16 mln. litr) va Iroqdan (3,6 mln litr) olib kelinmoqda. Joriy yilning 8 oyida Respublika ichida 730 ming tonna benzini ishlab chiqarilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18003109_216:0:2947:2048_1920x0_80_0_0_678ba690d2d9f59748c162c54a55960e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, benzin
Bozor tamoyillariga o‘tish – benzin taqchilligi muammosini hal qildi – vazirlik
Bugungi kunda iste’molchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda Ai 92-95 markali import benzin ham yetkazib berilmoqda.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekistonda benzin narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan, ayni damda mahsulot narxlari neftning dunyo bozoridagi narxi hamda ishlab chiqaruvchi xarajatlari asosida belgilanadi, deb
xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Neftni qayta ishlash zavodlari o‘z mahsulotlarini faqat birjalar orqali sotishi mumkin. Ana shunday tartib O‘zbekistonda bosqichma-bosqich qabul qilingan. Xususan:
Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali – 2017-yil 15-noyabrdan boshlab;
Ai-91 markali – 2019-yil 15-avgustdan boshlab;
Ai-80 markali – 2020-yil 1-maydan boshlab.
Hozirda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import qilinayotgan avtobenzinlarning ichki bozorda realizatsiyasi tobora ortib bormoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, ya’ni 78 % - Ai-80 benzinii. Jahon bozorida neft narxi 15-20 % oshishiga qaramasdan, “O‘zbekneftgaz” AJ Ai-80 avtobenzinning narxini bir maromda ushlab turibdi, - deydi energetika vazirligi.
Ma’lumot uchun, Brent neftning jahon birjalaridagi narxlari 80-81 AQSh dollarni tashkil etganda, AYoQSh larda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan Ai-80 avtobenzini 5 800 – 6 100 so‘m chakana narxlarda sotilmoqda. Yuqori oktanli Ai-91-95 benzinlar o‘rtacha narxi 8 900 so‘mni tashkil qiladi.
Energetika vazirligi alohida qayd etishiga ko‘ra, bugungi kunda bozor tamoyillariga o‘tish borasida qabul qilingan choralar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, O‘zbekistonda avtobenzin taqchilligi muammosi hal etilgan. Iste’molchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda, Ai-91, Ai-92, Ai-95 markali import qilinayotgan benzinlar ham yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga benzin importi miqdori 3,2 baravar oshgan edi. Import qilinayotgan benzin asosan Rossiyadan (139 mln. litr), Turkmanistondan (121 mln. litr), Qozog‘istondan (16 mln. litr) va Iroqdan (3,6 mln litr) olib kelinmoqda. Joriy yilning 8 oyida Respublika ichida 730 ming tonna benzini ishlab chiqarilgan.