Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aviareyslar soni oshirilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Aeroflot" na vzletnoy polose Mejdunarodnogo aeroporta Sheremetyevo
Samolet aviakompanii Aeroflot na vzletnoy polose Mejdunarodnogo aeroporta Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yil 5-oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston: aviareyslar soni oshirilmoqda, deb xabar berdi Tashqi migratsiya agentligi.
Joriy yil 5-oktabrdan boshlab Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda ko‘paytiriladi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar yo‘lga qo‘yiladi:
Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Farg‘ona (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan. Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun O‘zbekistondan Rossiyaga poyezdlar tashkillashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0