https://oz.sputniknews.uz/20211005/mirziyoev-berdimuhamedovga-har-bir-uchrashuvimiz-tarixiy-ahamiyatga-ega-muhim-voqeadir-20770339.html
Mirziyoyev Berdimuhamedovga: har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir
Mirziyoyev Berdimuhamedovga: har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 05.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-05T12:36+0500
2021-10-05T12:36+0500
2021-10-05T12:49+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
turkmaniston
gurbanguli berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20769736_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_710890ed16b7dc6cc0e34ec9d0eb26ad.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida Turmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Marosimdan so‘ng ikki davlat yetakchilari Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.Turkmaniston prezidenti mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga yetganini qayd etdi.Yetakchilar O‘zbekiston-Turkmaniston ko‘p qirrali hamkorligida mavjud masalalarning butun doirasini muhokama qilib, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.Ikki mamlakatning, ayniqsa chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikning salohiyati ulkan ekani alohida ta’kidlandi. Suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berildi.Qayd etilishicha, mintaqa va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish hamda joriy yil 6-avgust kuni Avazada o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20211005/toshkent-va-ashxobod-iqtisodiy-rejalar-va-imzolanishi-kutilayotgan-shartnomalar-20769921.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20769736_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1214aa45be9d901f5002c63dff1c6882.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, turkmaniston, gurbanguli berdimuhamedov
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, turkmaniston, gurbanguli berdimuhamedov
Mirziyoyev Berdimuhamedovga: har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir
12:36 05.10.2021 (yangilandi: 12:49 05.10.2021) Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida Turmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Marosimdan so‘ng ikki davlat yetakchilari Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.
“Har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir. Barcha erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etildi va xalqlarimizga xizmat qilmoqda. Bugun sherikligimizning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qilish va uzoq muddatli istiqbolga yangi “o‘sish nuqtalarini” belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Sizning tashrifingiz mintaqaviy va xalqaro maydonda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi”, - deb ta’kidladi Mirziyoyev.
Turkmaniston prezidenti mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga yetganini qayd etdi.
“O‘zbekiston – bizning yaqin qo‘shnimiz va strategik sherigimiz. Keyingi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Bu siyosatda ham, savdo-iqtisodiy sohada ham, madaniy-gumanitar sohada ham o‘z aksini topmoqda. Mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Chunki maqsadlarimiz hamohang, - dedi Berdimuhamedov.
Yetakchilar O‘zbekiston-Turkmaniston ko‘p qirrali hamkorligida mavjud masalalarning butun doirasini muhokama qilib, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Ikki mamlakatning, ayniqsa chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikning salohiyati ulkan ekani alohida ta’kidlandi. Suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berildi.
Qayd etilishicha, mintaqa va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish hamda joriy yil 6-avgust kuni Avazada o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.