https://oz.sputniknews.uz/20211004/samarqandda-oquvchiga-qol-kotargan-direktor-orinbosari-ishdan-boshatildi-20753038.html
Samarqand viloyatida o‘quvchini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Samarqand viloyatida o‘quvchini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan. 04.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-04T12:09+0500
2021-10-04T12:09+0500
2021-10-04T12:09+0500
jamiyat
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/34/13703404_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_5b64c0dd47f8a3fc63ee08522f5353cb.jpg
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagan"i aytilgan videoga rasmiy munosabat bildirdi.Xabarda aytilishicha, mazkur holat Oqdaryo tumanidagi 53-maktabda sodir bo‘lgan. Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan.Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boshqa mas’ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borishgani qo‘shimcha qilingan.O‘rganish davomida maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagani o‘z isbotini topgan. Shundan so‘ng rahbar o‘z vazifasidan ozod qilingan.Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida esa maktab jamoasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210921/qashqadaryoda-oquvchilarni-polga-otqazib-dars-otgan-oqituvchilar-jazolandi-20578774.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1370/34/13703404_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_d65fc8a10ac0a5249ef73bcfb4c62585.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab
Samarqand viloyatida o‘quvchini urgan direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Oqdaryo tumanida direktor o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagan"i aytilgan videoga rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat Oqdaryo tumanidagi 53-maktabda sodir bo‘lgan. Ikki hafta oldin maktabning 4 "V" sinfida o‘qiyotgan 10 yashar o‘quvchiga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari qo‘l ko‘targan.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jangirov, tuman XTB mudiri S.Ortiqova va boshqa mas’ullar ushbu holat bo‘yicha o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borishgani qo‘shimcha qilingan.
O‘rganish davomida maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4-sinf o‘quvchisini kaltaklagani o‘z isbotini topgan. Shundan so‘ng rahbar o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida esa maktab jamoasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.