https://oz.sputniknews.uz/20211004/rossiyaga-yana-10-ming-kishi-ishga-taklif-qilmoqda---patent-ozbekistonda-rasmiylashtiriladi-20750512.html
Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi
Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlash uchun yuzlab armaturachi va betonchilar, g‘isht teruvchi va yuq avtomobillari haydovchilari taklif qilinmoqda. 04.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-04T10:08+0500
2021-10-04T10:08+0500
2021-10-04T11:39+0500
migratsiya
ish
migratsiya
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15816830_0:62:3423:1987_1920x0_80_0_0_d52816a5900fc2f7e1b78c5c211ad034.jpg
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 10 ming kishini Rossiyaning turli hududlariga ishga taklif qilmoqda. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ish o‘rinlari Rossiyaning "salohiyatli ish beruvchilari tomonidan" taklif qilingan bo‘lib, ish bo‘lajak joyi Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida bo‘ladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. (Saytga kirish uchun Googleda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak) Ro‘yxatdan o‘tish!Keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, 1090 nafar armaturachi, 795 nafar betonchi, 495 nafar quvur o‘tkazuvchi, 300 nafar teploizolyatsiya o‘rnatuvchi, 230 nafar g‘isht teruvchi, 250 nafar santexnika o‘rnatuvchi, shuningdek, o‘nlab yuq avtomobil, ekskavator va kranlar haydovchisi, suvoqchi va bo‘yoqchilar taklif qilinadi. Umuman taklif qilinayotgan mutaxassisliklar soni 50dan ortiq.Batafsil ma’lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy bo‘linmalaridan olish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15816830_346:0:3077:2048_1920x0_80_0_0_1fbf84a3e048d20e9d63350e7ba1edc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, ish, migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
migratsiya, ish, migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi
10:08 04.10.2021 (yangilandi: 11:39 04.10.2021) Rossiyada ishlash uchun yuzlab armaturachi va betonchilar, g‘isht teruvchi va yuq avtomobillari haydovchilari taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 10 ming kishini Rossiyaning turli hududlariga
ishga taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ish o‘rinlari Rossiyaning "salohiyatli ish beruvchilari tomonidan" taklif qilingan bo‘lib, ish bo‘lajak joyi Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida bo‘ladi.
Asosiysi, Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. (Saytga kirish uchun Googleda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak)
Keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, 1090 nafar armaturachi, 795 nafar betonchi, 495 nafar quvur o‘tkazuvchi, 300 nafar teploizolyatsiya o‘rnatuvchi, 230 nafar g‘isht teruvchi, 250 nafar santexnika o‘rnatuvchi, shuningdek, o‘nlab yuq avtomobil, ekskavator va kranlar haydovchisi, suvoqchi va bo‘yoqchilar taklif qilinadi. Umuman taklif qilinayotgan mutaxassisliklar soni 50dan ortiq.
Batafsil ma’lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy
bo‘linmalaridan olish mumkin.