Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* a’zolari qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Moskvada taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir”* tashkilotining ikki rahbari va olti faol a’zosi hibsga olindi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya poytaxti Moskvada “Hizb ut-Tahrir”* yacheykasi yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Uning ikki rahbari va olti faol a’zosi hibsga olindi”, - deyilgan xabarda.
FXX xabariga ko‘ra, terrorchilar maxfiy kvartiralarda to‘planishgan va Moskva mintaqasi aholisi orasida terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qilishgan. Tintuv paytida ularning yonlaridan taqiqlangan targ‘ibot materiallari topilgan.
Rossiya JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqlda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
FSB RF presekla deyatelnost po organizatsii postavok narkotikov iz stran YeS v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Qrimda “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”* guruhining a’zolari qo‘lga olindi - video
Yangiliklar lentasi
0