Bu hafta meyoriga qaraganda sovuqroq bo‘ladi – O‘zgidromet

© Sputnik / Alexei Druzhinin / Mediabankka o‘tishPriroda v Sibiri
Priroda v Sibiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, o‘rtacha bu hafta ushbu davr meyoridan +5…+7 darajaga sovuqroq bo‘ladi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida harorat +17…+22 daraja iliq bo‘lgan quyoshli va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim kunlarda haroratning ko‘tarilishiga qaramay, o‘rtacha bu hafta ushbu davr meyoridan +5…+7 darajaga sovuqroq bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Ertaga ko‘p viloyatlarda tekis harorat ortidan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkazdan yana sovuq va kuchsiz havo massalari kirib keladi. O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
6 oktabr kuni ushbu havo massasi respublikaning markaziy va sharqiy tumanlariga ta’sir etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo massalari Farg‘ona vodiysiga o‘tishi davrida yomg‘irlar jadalligi kuchayadi, ushbu hududda biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tadi.
5−6 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayayishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari +5…+10 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari +13…+15 daraja iliqgacha pasayadi.
6 oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi, hududlarning katta qismida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat yana +17…+20 daraja iliqgacha ko‘tariladi. Yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysida va faqat ertalab saqlanib turadi.
Ammo quruq va nisbatan iliq ob-havo uzoq davom etmaydi. 8-oktabr kuni respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘idan yana nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati yana +13…+15 daraja iliqgacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0