“UzAuto Motors” “Lacetti” ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi

© Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane

AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obuna bo‘lish
Amalga oshirilgan ishlar natijasida "Chevrolet Lacetti" ishlab chiqarilish hajmi kuniga o‘rtacha 280 tadan 320 taga yetdi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi sentabr oyida “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib bordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida “Lacetti” ishlab chiqarilish hajmi kuniga o‘rtacha 280 tadan 320 taga yetadi.
Olib borilgan modernizatsiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o‘rtacha 1000 donaga ko‘paytirish imkonini beradi.
“Ishlab chiqarishning ko‘payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni ta’minlaydi”, - deyilgan xabarda.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
UzAuto Motors "Lasetti" va "Spark" modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi
Yangiliklar lentasi
0