https://oz.sputniknews.uz/20211003/mifi-talabalari-uchun-zamonaviy-turar-joy-qurib-topshirildi-20741829.html
MIFI talabalari uchun zamonaviy turar-joy qurib topshirildi
MIFI talabalari uchun zamonaviy turar-joy qurib topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan. 03.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-03T07:06+0500
2021-10-03T07:06+0500
2021-10-03T07:06+0500
jamiyat
talabalar
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/03/20741706_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_47537bd80ba8479a0dbdde1a55ffdfe4.jpg
TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Toshkent shahridagi "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti filialida talabalar va xorijiy o‘vituvchilar uchun ijtimoiy blokning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.Ijtimoiy blok 212 o‘rinli talabalar turar joyini, 21 nomerdan iborat xorijiy o‘qituvchilar uchun mehmonxonani, 42 ta xonadondan iborat filial professor-o‘qituvchilari uchun turar joyi, 100 kishilik katta oshxona, sport zal, futbol va voleybol sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.Tantanali marosimda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri AbduqodirToshqulov, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari rektorlari va direktorlari, MMFI filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.Tadbir davomida MMFI filiali direktori Yuriy Maslovga ramziy kalitni topshirish marosimi hamda ijtimoiy blok obyektlari bilan tanishtiruv o‘tkazildi.MMFI filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari bosh universitet rektori tomonidan imzolangan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, shuningdek, MMFI filiali talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari tashkillashtirildi.Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.Ushbu kampus talabalarni qulay va shinam turar joy bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi va shu sababli ular tomonidan universitetda ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashishga undaydi.Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi MMFI filiali 2019-yilda O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. Hozirda filialda talabalar bakalavriat dasturlari asosida kadrlarga talab yuqori bo‘lgan elektr energetikasi, issiqlik texnikasi va issiqlik fizikasi hamda yadro fizikasi va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olib kelmoqdalar.
https://oz.sputniknews.uz/20210225/Karantindan-sng-Toshkentdagi-NIYaU-MIFI-filialida-ish-boshlandi-fotoreportazh-16074229.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/03/20741706_118:0:2849:2048_1920x0_80_0_0_9019f05bd4b517186bf97dc651f7d0e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, toshkent
jamiyat, talabalar, toshkent
MIFI talabalari uchun zamonaviy turar-joy qurib topshirildi
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.
TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Toshkent shahridagi "MMFI" milliy tadqiqot yadro universiteti filialida talabalar va xorijiy o‘vituvchilar uchun ijtimoiy blokning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Ijtimoiy blok 212 o‘rinli talabalar turar joyini, 21 nomerdan iborat xorijiy o‘qituvchilar uchun mehmonxonani, 42 ta xonadondan iborat filial professor-o‘qituvchilari uchun turar joyi, 100 kishilik katta oshxona, sport zal, futbol va voleybol sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
Tantanali marosimda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri AbduqodirToshqulov, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari rektorlari va direktorlari, MMFI filiali o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida MMFI filiali direktori Yuriy Maslovga ramziy kalitni topshirish marosimi hamda ijtimoiy blok obyektlari bilan tanishtiruv o‘tkazildi.
MMFI filialining bir guruh professor-o‘qituvchilari bosh universitet rektori tomonidan imzolangan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar, shuningdek, MMFI filiali talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari tashkillashtirildi.
Ijtimoiy blok MMFI filiali o‘quv binosi yaqinida joylashgan bo‘lib, u arxitektura va dizaynning zamonaviy uslublarini o‘zida ifoda etgan.
Ushbu kampus talabalarni qulay va shinam turar joy bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi va shu sababli ular tomonidan universitetda ta’lim olish jarayoniga jiddiy yondashishga undaydi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi MMFI filiali 2019-yilda O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. Hozirda filialda talabalar bakalavriat dasturlari asosida kadrlarga talab yuqori bo‘lgan elektr energetikasi, issiqlik texnikasi va issiqlik fizikasi hamda yadro fizikasi va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olib kelmoqdalar.