Kobulda masjid oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi

© AFP 2023 / HOSHANG HASHIMIVzriv v Kabule
Vzriv v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Obuna bo‘lish
Portlash “Tolibon”* muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulloh Mujohidning onasining dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Yana 32 kishi jarohat olgan. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq sakkiz kishi qurbon bo‘lgani va 20 kishi yaralangani xabar qilingan edi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Kari Said Xostiy 3 gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi
Mahalliy OAVlar masjid oldidagi portlash “Tolibon”* muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulloh Mujohidning onasining dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgani haqida yozmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0