https://oz.sputniknews.uz/20211002/permda-ish-beruvchi-tomonidan-pasportlari-olib-qoyilgan-migrantlarga-yordam-berildi-20736270.html
Permda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan migrantlarga yordam berildi
Permda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan migrantlarga yordam berildi
Sputnik O‘zbekiston
Permda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan mehnat migrantlariga yordam berildi. 02.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-02T11:56+0500
2021-10-02T11:56+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
migrantlar
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20736039_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_c520dfa2b37782927fc666c6393312c4.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Perm shahridagi qurilish obyektlarida ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik bir guruh mehnat migrantlarining murojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi va ish beruvchi tashkilot hisoblangan "Resurs+" MChJda vakillari uchrashuvida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar, shu jumladan, yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi.Shuningdek, ushbu korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.Olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarning ish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishildi va fuqarolarga pasport va ishlash uchun patentlari qaytarib berilmoqda.Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21-may kuni Rossiya Federatsiyasining "RESURS+" MChJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.Kelishuvga muvofiq, iyun-avgust oylarida Andijon (8), Namangan (4), Farg‘ona (351) va Qashqadaryo (47) viloyatlaridan 410 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tartibda Perm o‘lkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.Fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga borish bilan bog‘liq transport xarajatlari "Resurs+" korxonasi hisobidan qoplangan.Biroq, ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning 47 nafari mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarini buzib, mehnat shartnomasi talablariga rioya etmagan. Xususan, spirtli ichimliklarni ish joyida iste’mol qilish kabi holatlar muntazam kuzatilganligi sababli, ushbu mehnat migrantlari bilan mehnat shartnomalari muddatdan oldin bekor qilinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210923/bir-guruh-ozbekistonlik-ishchilar-ichkilikbozlik-uchun-rossiyadan-qaytarildi-20626587.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/02/20736039_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_778b223a7b6b623fe195ffd7ea6292a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
migratsiya, migrantlar, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
Permda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan migrantlarga yordam berildi
11:56 02.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Permda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan mehnat migrantlariga yordam berildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Perm shahridagi qurilish obyektlarida ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik bir guruh mehnat migrantlarining murojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi va ish beruvchi tashkilot hisoblangan "Resurs+" MChJda vakillari uchrashuvida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar, shu jumladan, yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarning ish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishildi va fuqarolarga pasport va ishlash uchun patentlari qaytarib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21-may kuni Rossiya Federatsiyasining "RESURS+" MChJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Kelishuvga muvofiq, iyun-avgust oylarida Andijon (8), Namangan (4), Farg‘ona (351) va Qashqadaryo (47) viloyatlaridan 410 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tartibda Perm o‘lkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.
Fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga borish bilan bog‘liq transport xarajatlari "Resurs+" korxonasi hisobidan qoplangan.
Biroq, ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning 47 nafari mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarini buzib, mehnat shartnomasi talablariga rioya etmagan. Xususan, spirtli ichimliklarni ish joyida iste’mol qilish kabi holatlar muntazam kuzatilganligi sababli, ushbu mehnat migrantlari bilan mehnat shartnomalari muddatdan oldin bekor qilinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.