https://oz.sputniknews.uz/20211002/davlatga-etkazilgan-zarar-uchun-harbiylarning-moddiy-javobgarligi-qonun-bilan-belgilandi-20738287.html
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiylarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiylarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi 02.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-02T13:48+0500
2021-10-02T13:48+0500
2021-10-02T13:48+0500
jamiyat
harbiy
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1290/47/12904700_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e21eead8b48a783bd0308341556c6448.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonunni imzoladi.Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:Muddatli xarbiy xizmatga chaqirish uchun:- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi;- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘in punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;- tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;- Muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya;- Chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya.Shuningdek, qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran 3-yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210926/ozbekistonlik-harbiy-bokschilar-jahon-chempionatida-7-ta-medalga-ega-chiqishdi-20650194.html
https://oz.sputniknews.uz/20210930/oav-aqsh-ozbekiston-bilan-harbiy-obektlardan-foydalanish-borasida-muzokara-olib-bormoqda-20719628.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1290/47/12904700_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cbd03e476b0f73b0d8440eb75cc3158d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, harbiy, mudofaa vazirligi
jamiyat, harbiy, mudofaa vazirligi
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiylarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonunni imzoladi.
Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
Muddatli xarbiy xizmatga chaqirish uchun:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘in punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
- tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;
- Muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya;
- Chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya.
Shuningdek, qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.
Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran 3-yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.