Yangi yildan migratsiya sohasida qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi – Kazakova

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna bo‘lish
IIVning Migratsiya bo‘limi boshlig‘i yangi yildan Rossiya qonunchiligida kuchga kiradigan o‘zgarishlar haqida aytib berdi.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Yangi yildan Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan MDH davlatlari fuqarolari 1 oy ichida daktiloskopiya va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi majburiy bo‘ladi.
Bu haqida Rossiya IIV Migratsiya bo‘limi rahbari Valentina Kazakova Izvestiya gazetasiga bergan intervyusida xabar qildi.
Kazakova aytishiga qaraganda, ushbu o‘zgarish ko‘proq YeOII davlatlari fuqarolariga tegishldi bo‘ladi, chunki MDHning boshqa davlatlari fuqarolari patent olish vaqti daktiloskopiya va tibbiy ko‘rikdan shundoq ham o‘tadi va ushbu ma’lumotlar IIV bazasida saqlanib qoladi.
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Rossiya IIV migrantlarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi
Ikkinchidan, patent muddatini Rossiyadan chiqmay turib uzaytirish mumkin bo‘ladi. Oldin patent muddatini faqat bir marta uzaytirish mumkin edi, yangi yildan boshlab esa – cheksiz bo‘ladi.
Uchinchidan, patent olishda kerak bo‘ladigan ayrim hujatlar, xususan tibbiy ma’lumotnoma (va rus tili imtihoni – tahr.) xorijda topshirish mumkin bo‘ladi. Bunday tartib dastlab O‘zbekistonda, tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
Undan tashqari, Kazakova Rossiyada qancha migrant qolgan va ularning qanchasi noqonuniydegan savolga ham javob berdi.

“Pandemiyadan oldin Rossiyada 10 millionga yaqin xorijiy fuqarolar yashab kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 7 millionga yaqinlashgan. Pandemiya vaqtida Rossiya prezidentining 274 -soni va 364-sonli farmonlari tufayli deyarli 1 million kishi o‘zining Rossiyadagi faoliyatini qonuniylashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Taxminan 700 mingga yaqin xorijiy fuqarolar – haligacha noqonuniy maqomda qolmoqda”, - dedi Migratsiya bo‘limi boshlig‘i.

Yana bir yangilik - Rossiyaga oilasi bilan kelayotgan xorijiy davlat fuqarolarining bolalari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi kerak bo‘ladi va maktabga qatnashi qonunda belgilab qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0