Ikki o‘zbekistonlik qiz “Rossiya migrantlari” go‘zallik tanlovi finaliga chiqdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKorona na konkurse krasoti
Korona na konkurse krasoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Obuna bo‘lish
"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining yarim final ovoz berish jarayoni yakunlandi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining yarim final bosqichidagi ochiq ovoz berish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.
Olingan ovozlar soni bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik qiz tanlovning finaliga chiqdi. Ularga 2 mingdan ortiq ovoz berildi.
23 yoshli Abdildayeva Kamola RUDN universiteti talabasi.
© Miss FMR 2021Abdildayeva Kamola
Abdildayeva Kamola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Abdildayeva Kamola
Yana bir o‘zbekistonlik ishtirokchi - 25 yoshli urganchlik Karimova Rushana.
© Miss FMR 2021Karimova Rushana
Karimova Rushana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Karimova Rushana
Tanlovda hozirda Rossiyada bo‘lgan voyaga etgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning yarim finalida jami yetti nafar o‘zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog‘iston va Senegal go‘zallari ularga raqib bo‘lishdi.
"Miss FMR" finali 9-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Uch finalchi mukofot oladi: "Miss FMR" va "vitse-miss FMR", shuningdek " Tomoshabinlar e’tirofi" nominatsiyasi g‘olibi.
Migrant ayollar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “tomoshabinlar e’tirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
© Federatsiya migrantov RossiiFinal konkursa krasoti Miss FMR - Sputnik Tadjikistan
Final konkursa krasoti Miss FMR - Sputnik Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2021
Final konkursa krasoti Miss FMR - Sputnik Tadjikistan
Yangiliklar lentasi
0