https://oz.sputniknews.uz/20210930/xususiylashtirish-togrisidagi-qonun-yil-oxiriga-qadar-parlamentga-kiritiladi---ortiqov-20717083.html
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda. 30.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-30T15:22+0500
2021-09-30T15:22+0500
2021-09-30T15:48+0500
yangi qonun
davlat
mol-mulk
qonun
xususiylashtirish
o‘zbekiston iqtisodiy forumi - 2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1d/20699804_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_e7e49bd7c52598d2e09d5411daedda9f.jpg
TOShKENT, 30 sen - SPUTNIK. Ushbu yil oxiriga qadar O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritiladi. Bu haqida Toshkent iqtisodiy forumi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov xabar qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. Shu bilan birga agentlik rahbari ayrim sohalarda xususiylashtirishdan oldin tahlil o‘tkazilishini aytib o‘tdi. Iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan “Dentans” boshqaruvchi hamkori Eldor Mannopov aytishiga ko‘ra, xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda. Xususan, kuni kecha yakuniga yetgan, Coca Cola kompaniyasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim ustida ham bir yish ishlashga to‘g‘ri kelgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoniga ko‘ra, 479 ta davlat korxonasini to‘liq xususiylashtirish, 2025-yilgacha davlat korxonalarining umumiy sonini 75 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlarni jadal va samarali amalga oshirish uchun xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1d/20699804_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_36d9f4a9d5eebf181647123702635f63.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, davlat, mol-mulk, qonun, xususiylashtirish, o‘zbekiston iqtisodiy forumi - 2021
yangi qonun, davlat, mol-mulk, qonun, xususiylashtirish, o‘zbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun yil oxiriga qadar Parlamentga kiritiladi - Ortiqov
15:22 30.09.2021 (yangilandi: 15:48 30.09.2021) O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda.
TOShKENT, 30 sen - SPUTNIK. Ushbu yil oxiriga qadar O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritiladi. Bu haqida Toshkent iqtisodiy forumi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov xabar qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Agentligimiz “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqda. Yil oxiriga qadar uni Parlamentga kiritishni rejalaganmiz", - dedi Davaktiv rahbari.
Shu bilan birga agentlik rahbari ayrim sohalarda xususiylashtirishdan oldin tahlil o‘tkazilishini aytib o‘tdi.
Shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, sog‘lom raqobat muhiti shakllanib ulgurgan sohalarda davlat korxonalarini o‘rganish va ularni qisqartirish bo‘yicha chuqurlashtirilgan tahlil o‘tkazamiz, - deb qo‘shimcha qildi Ortiqov.
Iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan “Dentans” boshqaruvchi hamkori Eldor Mannopov aytishiga ko‘ra, xususiylashtirish to‘risidagi qonun yo‘qligi ushbu jarayonni juda sekinlashtirmoqda. Xususan, kuni kecha yakuniga yetgan, Coca Cola kompaniyasini xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim ustida ham bir yish ishlashga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoniga ko‘ra, 479 ta davlat korxonasini to‘liq xususiylashtirish, 2025-yilgacha davlat korxonalarining umumiy sonini 75 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlarni jadal va samarali amalga oshirish uchun xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.