Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada - XMK
Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada - XMK
Xalqaro moliya korporatsiyasi vakilining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston davlatga tegishli boʻlgan korxonalar ulushi boʻyicha dunyoning rivojlangan davlatlaridan ancha... 30.09.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 29 sent - Sputnik. Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada, dedi Xalqaro Moliya korporatsiyasi hududiy direktori Vibke Shloymer, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Iqtisodiy forum doirasida. Sputnik muxbiri xabariga asosan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda 2021 yilning 9 oyida 4 mlrd 400 mln dollarga 600ga yaqin korxonalar sotildi.Undan tashqari, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalar, spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiylashtiriladi. Oktyabrda Qoʻqon-spirt sotuvga qoʻyiladi. IESlar xususiy sektorga taklif etiladi. Shuningdek dastlabki 10 ta donni qayta ishlash korxonalari sotuvga qoʻyiladi. Eslatib oʻtamiz, “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumining ikkinchi kunida “Hukumat bilan suhbat” doirasida xususiylashtirish, kapital bozori, davlat-xususiy sheriklik, kon-metallurgiya, ish oʻrinlari yaratish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonning global taʼminot zahiralaridagi oʻrni, bank tizimi, energetika va kimyo sanoati kabi mavzularda davra suhbatlari va fikr almashuvlar boʻlib oʻtmoqda.
Xalqaro moliya korporatsiyasi vakilining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston davlatga tegishli boʻlgan korxonalar ulushi boʻyicha dunyoning rivojlangan davlatlaridan ancha orqada.
TOSHKENT, 29 sent - Sputnik. Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada, dedi Xalqaro Moliya korporatsiyasi hududiy direktori Vibke Shloymer, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Iqtisodiy forum doirasida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Oʻzbekistonda davlat korxonalari 50 foizni tashkil etadi. Rossiyada bu 35, germaniyada 18, aqshda 11, yaponiyada 5 foizni tashkil etadi", - deb statistik maʼlumotlarni keltirdi xalqaro korporatsiya vakili.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK, IFC)
bmtning ixtisoslashtirilgan muassasasi, jahon banki guruhiga kiradi. xmk 1956 yilda xalqaro tiklanish va tarakkiyot banki filiali tarzida tashkil etilgan. bugungi kunda unga aʼzo davlatlar soni 174 tani tashkil qiladi. shtabkvartirasi vashingtonda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda 2021 yilning 9 oyida 4 mlrd 400 mln dollarga 600ga yaqin korxonalar sotildi.
Undan tashqari, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalar, spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiylashtiriladi. Oktyabrda Qoʻqon-spirt sotuvga qoʻyiladi. IESlar xususiy sektorga taklif etiladi. Shuningdek dastlabki 10 ta donni qayta ishlash korxonalari sotuvga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumining ikkinchi kunida “Hukumat bilan suhbat” doirasida xususiylashtirish, kapital bozori, davlat-xususiy sheriklik, kon-metallurgiya, ish oʻrinlari yaratish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekistonning global taʼminot zahiralaridagi oʻrni, bank tizimi, energetika va kimyo sanoati kabi mavzularda davra suhbatlari va fikr almashuvlar boʻlib oʻtmoqda.