Uzcard bankomatlarida 50 va 100 $ kupuralarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfeksiya bankomatov
Dezinfeksiya bankomatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
Uzcard bankomatlarida xorij valyutasini ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi Uzcard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupuralarni ayirboshlash (qabul qilish) to‘xtatildi. Bu haqda “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJning (Uzcard brendi)ga tayanib, Telegram’dagi “Bank va mijoz” kanali xabar berdi.
Finansoviy grafik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Vengriyaning OTP Bank banki “Ipoteka-bank”ning 75 foizini xarid qiladi
Bunga ushbu qiymatdagi soxta valyutalar bankomatlar orqali ayirboshlangani sabab qilib ko‘rsatilgan.
"Yagona umumrespublika protsessing markazi" barcha tijorat banklarga bu haqda tegishli xat yo‘llagan.
"Mazkur holat inobatga olinib, valyuta ayirboshlash operatsiyalarida 50 va 100 dollarli kupuralarni qabul qilish funksiyasi vaqtincha to‘xtatiladi", — deyilgan xatda.
Yangiliklar lentasi
0