https://oz.sputniknews.uz/20210930/toliblar-emomali-rahmonni-tanqid-qilishdi-20709115.html
Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi
Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Harakat vakilli Inomulla Samangoniy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yuritayotgan siyosatga nisbatan o‘z mulohazalarini bildirdi 30.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-30T11:28+0500
2021-09-30T11:28+0500
2021-09-30T11:28+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20590365_0:150:3111:1899_1920x0_80_0_0_dc0b8aa035f4608a3bece81174872465.jpg
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Afg‘onistonning yangi hukumati - "Tolibon"* harakati vakillari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni mamlakatda demokratiya taqchilligi uchun tanqid qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.Tojikiston nomiga keskin fikrlar harakat vakili Inomullo Somongoniy tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. U Twitterda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon siyosatiga baho bergan."U 27-yildan beri prezidentlik qiladi, yana olti yil shu vazifani bajaradi va undan keyin, ehtimol, yana prezident lavozimida qoladi. U rahbarlik qilayotgan mamlakatda saylovlarda ishtirok etishga beshta partiyaga ruxsat berilgan va ularning barchasi hukumatparast partiyalardir. Va bu hurmatli inson Afg‘onistonda saylovlarni o‘tkazish borasida bizga maslahat solmoqchi", — deb yozgan Somongoniy.Toliblar bundan oldin ham ikki marotaba Tojikistonni tanqid qilgan edi. Hafta boshida Afg‘onistonning yangi saylangan hukumati bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul-G‘ani Barodar Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi.So‘ngra, bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdul-Salom Xanafiy Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Afg‘onistonda yangi inklyuziv hukumat yaratish lozimligi haqidagi so‘zlarini qoraladi. U Rahmonga AIR ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berib, aks holda, Tojikiston shunga yarasha munosabatga ro‘baro bo‘lishini qo‘yishma qildi.* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20210928/toliblardan-yangi-qoidalar-afgon-ayollariga-evropacha-soch-turmaklatish-man-etildi-20672166.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20590365_189:0:2920:2048_1920x0_80_0_0_51614d32bfbb27ff37792f345d557032.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi
Harakat vakilli Inomulla Samangoniy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yuritayotgan siyosatga nisbatan o‘z mulohazalarini bildirdi
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Afg‘onistonning yangi hukumati - "Tolibon"* harakati vakillari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni mamlakatda demokratiya taqchilligi uchun tanqid qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik Tojikiston.
Tojikiston nomiga keskin fikrlar harakat vakili Inomullo Somongoniy tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. U Twitterda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon siyosatiga baho bergan.
"U 27-yildan beri prezidentlik qiladi, yana olti yil shu vazifani bajaradi va undan keyin, ehtimol, yana prezident lavozimida qoladi. U rahbarlik qilayotgan mamlakatda saylovlarda ishtirok etishga beshta partiyaga ruxsat berilgan va ularning barchasi hukumatparast partiyalardir. Va bu hurmatli inson Afg‘onistonda saylovlarni o‘tkazish borasida bizga maslahat solmoqchi", — deb yozgan Somongoniy.
Toliblar bundan oldin ham ikki marotaba Tojikistonni tanqid qilgan edi. Hafta boshida Afg‘onistonning yangi saylangan hukumati bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul-G‘ani Barodar Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi.
So‘ngra, bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdul-Salom Xanafiy Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Afg‘onistonda yangi inklyuziv hukumat yaratish lozimligi haqidagi so‘zlarini qoraladi. U Rahmonga AIR ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berib, aks holda, Tojikiston shunga yarasha munosabatga ro‘baro bo‘lishini qo‘yishma qildi.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.