“Mutaxassislaringizni qaytaring!”

© Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoe foto
Biznesmen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston iqtisodiy forumida “Ishlab chiqarish va O‘zbekistonning global ta’minot zaxiralaridagi o‘rni” mavzusi muhokama etildi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston iqtisodiy forumida “Ishlab chiqarish va O‘zbekistonning global ta’minot zaxiralaridagi o‘rni” mavzusi muhokama etildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov qazilma boyliklar haqida gapirar ekan, 2700 dan ortiq konlar mavjudligini qayd etib o‘tdi.
“Birgina qurilish sohasi uchun 522 ta kondan foydalanayapmiz, - deydi vazir o‘rinbosari. - Shu bilan birga, misga alohida e’tibor qaratamiz. Ko‘pgina xorijlik ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga qadar misga bo‘lgan ehtiyoj 40 foizgacha ortadi. Sabab? Iste’mol o‘sadi, lekin uni yetkazib berishda oqsashlar yuz beradi. Biz 2024-2028 yillarda mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnaga yetkazmoqchimiz”.
Medniy vek Almalika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
Olmaliq mis boyitish fabrikasi haqida batafsil
“O‘zavtomotors” bosh direktori Bo Inge Anderssonning fikriga ko‘ra, rivojlanish haqida gapirganda, logistika masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
“Men o‘zim amerikalikman, lekin bir narsani aniq ayta olamanki, AQShda poyezdda sayohat qilish u qadar qulay emas, Rossiyada esa boshqa gap, poyezdda sayohatga chiqsangiz, mazza qilasiz... Sanoat haqida gapiradigan bo‘lsam, elektromobillarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqchimiz. Bu bizning qo‘limizdan keladi, ko‘ramiz, xaridorlar uni qanday qabul qilarkan?”, - deydi Andersson.
Mazkur sessiya moderatori Pirs Kimberlej hukumat vakili – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari ishtirok etayotganidan foydalanib, spikerlardan unga savollar bilan murojaat etishni taklif qildi.
Soliqlar, texnologiyalar mavzularida savollar berilgandan keyin Bo Inge Andersson ham o‘z fikrini bildirdi.
“Men umrimning ko‘p qismini chet ellik sifatida o‘tkazganman. Bilasizmi, bunday turmush kechirish unchalik ham oson emas. Agar mening mushkulimni oson qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z mutaxassislaringizni yurtingizga qaytaring!”, - dedi u.
Uning bu so‘zlari butun zalning olqishlariga sabab bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0