https://oz.sputniknews.uz/20210929/xitoyozbekiston-yaratgan-vaktsinadan-bolalarni-emlashda-qollaniladimi---tafsilotlar-20697284.html
Xitoy–O‘zbekiston yaratgan vaksinadan bolalarni emlashda qo‘llaniladimi - tafsilotlar
Xitoy–O‘zbekiston yaratgan vaksinadan bolalarni emlashda qo‘llaniladimi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan... 29.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-29T15:17+0500
2021-09-29T15:17+0500
2021-09-29T15:17+0500
jamiyat
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20371432_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_06939d4a28ff17cc0e814a0737a88b9f.jpg
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Xitoy–O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qo‘llash xavfsizligi DSMB (Data Safety Monitoring Board) – Ma’lumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil qo‘mita tomonidan tasdiqlandi. DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi bo‘lib, ular tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi. Xitoyda ayni vaqtda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanganligi va bolalarning salomatligida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagani xabar qilinmoqda. ⠀Ilgariroq, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yosh bolalarda ishlatish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, ️"vaksinalarni qaysi aholi qatlamida ishlatishdan qat’iy nazar avval albatta shu yosh qatlami ichida o‘tkazilgan klinik sinovlar bo‘lishi shartligi" haqida gapirgan va "hademay bu borada ham yangiliklar paydo bo‘lsa ajabmas", - deya qo‘shimcha qilgan edi.Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, O‘zbekistonda endi 12 yoshdan katta bolalarga ham COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
https://oz.sputniknews.uz/20210927/vaktsina-kokteyli-sputnik-layt-va-astrazeneca-kombinatsiyasi-samaradorligi-haqida-20664996.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20371432_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ae1915dc1de95b1375141836b74701c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Xitoy–O‘zbekiston yaratgan vaksinadan bolalarni emlashda qo‘llaniladimi - tafsilotlar
Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Xitoy–O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qo‘llash xavfsizligi DSMB (Data Safety Monitoring Board) – Ma’lumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil qo‘mita tomonidan tasdiqlandi.
DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi bo‘lib, ular tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi.
Xitoyda ayni vaqtda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanganligi va bolalarning salomatligida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagani xabar qilinmoqda. ⠀
Ilgariroq, AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yosh bolalarda ishlatish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, ️"vaksinalarni qaysi aholi qatlamida ishlatishdan qat’iy nazar avval albatta shu yosh qatlami ichida o‘tkazilgan klinik sinovlar bo‘lishi shartligi" haqida gapirgan va "hademay bu borada ham yangiliklar paydo bo‘lsa ajabmas", - deya qo‘shimcha qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, O‘zbekistonda endi 12 yoshdan katta bolalarga ham COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan
ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.