Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishi uchun nima qilish kerakligini aytdi

© SputnikEkonomicheskiy forum v Tashkente
Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi O‘zbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent 29 sen - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumining dastlabki davra suhbati “Iqtisodiy o‘sish omillarini yaratish: eski va yangi qiyinchiliklar bilan dadil yuzlashish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator “o‘sish omillari”ni sanab o‘tishdi.

"Yashil o‘sish" va yoshlar potensiali

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z oldiga keyingi 5-6 yilda 5-7 foizgacha o‘sish rejasini qo‘ymoqda. “Bu, albatta, oson emas, dedi Norqulov. Mahsuldorlikni, energiya samaradorligini ta’minlash, makroiqtisodiy barqarorlik orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish lozim. Tabiiy resurslar, jumladan, Markaziy Osiyoda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv zaxiralari kamayib bormoqda. Shu sababdan ham “yashil o‘sish”ga erishishni maqsad qilganmiz”.
O‘zbekiston aholisining 55 foizini yoshlar tashkil qiladi, bu ulkan potensial degani, deya qayd etdi vazir o‘rinbosari. Keyingi yillarda, shuningdek, qishloq hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, yer islohotlari, suv islohotlarini o‘tkazishga e’tibor qaratiladi – bu islohotlarimizning ikkinchi bosqichidir. “Biz faqat moliyaviy resurslarni emas, aqliy, bilim resurslarini ham jalb etishni boshladik”.
O‘zbekiston shu paytga qadar islohotlarni samarali amalga oshirayotgani, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘sish ko‘rsatkichlarini saqlab qolgani yuzasidan ishtirokchilarning fikrlari yakdil.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Iqtisodiy forum muammolarni bartaraf etish uchun munosib platformaga aylanadi - Mirziyoyev

Ish o‘rinlari va xususiy sektor

“Keyingi bosqich qanday bo‘lishi kerak? Bu savolga aniq javob topish lozim, dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodchisi Sandip Mahajan. Agar O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan katta maqsadlarga amalda erishmoqchi ekan, u holda yillik 10 foizgacha o‘sish talab etiladi. Ko‘plab ish o‘rinlari yaratish, ko‘proq “yashil rivojlanish” – bu borada rejalar katta. Muhimi, harakatlar niyatlarga mutanosib ravishda bo‘lishiga erishish”
Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departament direktori Ron van Ruden tashqi qarz o‘sayotganiga e’tibor qaratar ekan, katta loyhalar katta investitsiyalarni jalb etayotganini qayd etdi. Va bu, o‘z navbatida qarzning oshishiga sabab bo‘lmoqda. “Albatta, yirik loyihalarni ro‘yobga chiqarish bilan birga, xususiy sektorni rivojlantirish kerak – shunda iqtisod ham taraqqiy etadi. O‘zbekistonda aynan shu yo‘nalishga siyosat darajasida e’tiborning guvohi bo‘lib turibmiz”.

Davlat-xususiy sherikligi va mahalla

“O‘zbekiston barqaror reytingga ega, dedi anjumanda onlayn tarzda ishtirok etgan “Fitch Ratings” O‘zbekiston suveren kredit reytingi tahlilchisi Erik Arispe. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsam, JAR va Turkiya ham ana shunday reytingda. O‘zbekiston tizimli o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. IJ darajasiga chiqish uchun vaqt talab etiladi. Indoneziya bunga 6-yil, Filippin 10-yil sarflagan. Albatta, mamlakatga sarmoyalar kirayotgani hamma narsa yaxshi bo‘ladi, degani emas. Barqarorlik bir qancha omillardan shakllanadi. To‘g‘ri, davlat qarz bilan bog‘liq xatarlardan xabardor. Bu xatarlar davlat-xususiy sheriklik tizimiga xalal bermasligi lozim”.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mintaqa bo‘yicha katta iqtisodchisi Erik Livni “O‘zbekiston YeTTB portfelida muhim o‘ringa ega” ekanini qayd etdi. Davlatning muvaffaqiyati – barcha soha va tizimlarda ishning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi, dedi u o‘z so‘zida. O‘zbekiston shaharlarida, xususan, Toshkent va Samarqandda bo‘lganimda, nafaqat katta maydonlar, xiyobonlar, aholi yashaydigan hududlarni ham borib ko‘rdim. Va juda go‘zal manzaraga duch keldim – tozalik, ozodalik va tartib hukmron ekan. Qiziqib ko‘rib, bilsam, O‘zbekiston 21-asrda o‘zining tarixiy instituti – mahallani saqlab qolibdi. Bir narsaga ishonchim komil – inson yolg‘iz o‘zi ko‘p narsaga erisholmasligi mumkin, lekin odamlar birlashsa, maqsadga yetish osonroq bo‘ladi. Mahalla esa aynan odamlarni birlashtirar ekan. Mana shunday holatni, ya’ni birdamlikni islohotlar jarayonida ham qo‘llashga erishish kerak”.
Finansoviy grafik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
O‘zbekiston qaysi omillar evaziga pandemiya qiyinchiliklariga bardosh bera oldi
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forumda xalqaro darajadagi xorijiy ekspertlar, xalqaro moliya institutlari va yirik banklar, konsalting va reyting kompaniyalari, chet el va mahalliy tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0