https://oz.sputniknews.uz/20210929/pravani-almashtirish-hukumat-qarori-tayyorlandi-20701602.html
"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi
"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1-yilga uzaytirilishi mumkin. 29.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-29T18:48+0500
2021-09-29T18:48+0500
2021-09-30T10:53+0500
jamiyat
iiv
haydovchilik guvohnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/557/57/5575711_0:153:3101:1897_1920x0_80_0_0_3e23f80d8a04ae929844bd098e929e3e.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorining 3-bandiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.2017 yildagi qarorga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar belgilangan bo‘lib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.“Ammo, hozirga qadar almashtirilmagan 2 mln.dan ortiq eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini joriy yakuniga qadar almashtirishning jismoniy va texnik imkoniyati yetarli bo‘lmay, hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy holatda bir oyda 200 ming donagacha hajmda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin.Shu sababdan, aholiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida foydalanishda qolayotgan eski haydovchilik guvohnomalarining amal qilish muddatlarini 3 oydan 1-yilgacha muddatga uzaytirish taklif etilmoqda,” – deyilgan hujjatda.Qayd etilishicha, bunday taklif aholida almashtirilmasdan qolayotgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqildi.Milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasi amaliyotga kiritilgan paytdan hozirgi kunga qadar (4 yilda) eski namunadagi jami salkam 5,8 mln. dona milliy haydovchilik guvohnomalarining 3,6 mln tasi yangisiga almashtirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210927/gvardeyskiy-gaidagi-holat-iibb-video-yuzasidan-bayonot-berdi-20666300.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/557/57/5575711_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_357b7dbe748b583d228176ef3b7bccc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, iiv, haydovchilik guvohnomasi
jamiyat, iiv, haydovchilik guvohnomasi
"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi
18:48 29.09.2021 (yangilandi: 10:53 30.09.2021) Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1-yilga uzaytirilishi mumkin.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorining 3-bandiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hukumat
qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
2017 yildagi qarorga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar belgilangan bo‘lib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi guvohnomalar haqiqiy emas deb topiladi.
“Ammo, hozirga qadar almashtirilmagan 2 mln.dan ortiq eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini joriy yakuniga qadar almashtirishning jismoniy va texnik imkoniyati yetarli bo‘lmay, hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy holatda bir oyda 200 ming donagacha hajmda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin.
Shu sababdan, aholiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida foydalanishda qolayotgan eski haydovchilik guvohnomalarining amal qilish muddatlarini 3 oydan 1-yilgacha muddatga uzaytirish taklif etilmoqda,” – deyilgan hujjatda.
Qayd etilishicha, bunday taklif aholida almashtirilmasdan qolayotgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida ishlab chiqildi.
Milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasi amaliyotga kiritilgan paytdan hozirgi kunga qadar (4 yilda) eski namunadagi jami salkam 5,8 mln. dona milliy haydovchilik guvohnomalarining 3,6 mln tasi yangisiga almashtirildi.