https://oz.sputniknews.uz/20210928/samarqandda-bir-guruh-fuqarolar-gaz-yoqligi-sababli-norozilik-bildirib-yolni-tosib-qoydi-20671112.html
Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yo‘qligi sababli norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yo‘qligi sababli norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Norozilik ishtirokchilarining ikki nafari 5 sutkaga qamalgan, 11 nafariga jarima tayinlangan 28.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-28T08:32+0500
2021-09-28T08:32+0500
2021-09-28T08:37+0500
jamiyat
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/908/08/9080824_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_dae1cf47a6cc8629c2260e2eed00e7c0.jpg
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Samarqand viloyati Samarqand tumanida kuni kecha 13 nafar fuqaro xonadonlarida tabiiy gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.""Yangiariq-1" MFY, Chungul ko‘chasida yashovchi 13 nafar fuqaro tabiiy gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, Samarqand M-37 avtomobil yo‘lining 8—9-kilometrida yo‘lning qatnov qismiga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan", - deyiladi xabarda.Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu mahalla 2015-yilda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.Norozilik bildirib chiqqan fuqarolar istiqomat qiluvchi mahallaga Samarqand tumani gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan oxirgi marotaba 2021-yilning 29-iyul kuni suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan.Mazkur fuqarolar Samarqand tuman hokimiyati binosiga olib kelinib, tuman hokimi, viloyat va tuman IIB rahbariyati hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.Ushbu holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudiga yuborildi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining 27-sentabr kunidagi qarori bilan 13 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.Huquqbuzarlikning ikki nafar tashkilotchisiga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, qolgan 11 nafar huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210910/samarqandda-tadbirkorlar-salkam-3-milliard-somlik-gaz-ogirlashdi-20443148.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/908/08/9080824_300:0:1200:675_1920x0_80_0_0_a8c54c44617fe3fc175c2b14d6ded471.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, samarqand
Samarqandda bir guruh fuqarolar gaz yo‘qligi sababli norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi
08:32 28.09.2021 (yangilandi: 08:37 28.09.2021) Norozilik ishtirokchilarining ikki nafari 5 sutkaga qamalgan, 11 nafariga jarima tayinlangan
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Samarqand viloyati Samarqand tumanida kuni kecha 13 nafar fuqaro xonadonlarida tabiiy gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
""Yangiariq-1" MFY, Chungul ko‘chasida yashovchi 13 nafar fuqaro tabiiy gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, Samarqand M-37 avtomobil yo‘lining 8—9-kilometrida yo‘lning qatnov qismiga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan", - deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu mahalla 2015-yilda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.
Norozilik bildirib chiqqan fuqarolar istiqomat qiluvchi mahallaga Samarqand tumani gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan oxirgi marotaba 2021-yilning 29-iyul kuni suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilgan.
Mazkur fuqarolar Samarqand tuman hokimiyati binosiga olib kelinib, tuman hokimi, viloyat va tuman IIB rahbariyati hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudiga yuborildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining 27-sentabr kunidagi qarori bilan 13 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Huquqbuzarlikning ikki nafar tashkilotchisiga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, qolgan 11 nafar huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.