Samarada o‘zbekistonlik migrantlarning qariyb 700 ming rubl maoshi undirib berildi

© Sputnik / Vladimir TrefilovRubl
Rubl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarada ishlagan 9 nafar o‘zbekistonlikning 685 ming rubl miqdordagi maoshini undirib berdi.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiyaning Samara viloyati Chernorechye shaharchasidagi issiqxonada ishlagan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Agentligining Samaradagi vakolatxonasi xodimlari joriy yilning 17-25 sentabr kunlari O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan issiqxonalarga tashrif buyurib, mehnat va ish sharoitlarini o‘rgangan.
“O‘rganishlar natijasida 9 nafar mehnat migrantining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Qolgan yurtdoshlarimizning ish haqlari qaytarilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozir maoshini olgan fuqarolar ish joylaridan O‘zbekistonga qaytmoqda.
Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Chernorechyedagi issiqxonalarda ishlayotgan 31 nafar o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib berib, maoshlari to‘liq to‘lanishini nazoratga olgan edi.
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
Yangiliklar lentasi
0